https://oz.sputniknews.uz/20210720/ozbek-xitoy-vaktsinasi-otabekov-internetda-tarqalgan-mish-mishlarga-munosabat-bildirdi-19758444.html
O‘zbek-xitoy vaksinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
O‘zbek-xitoy vaksinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Nurmat Otabekov o‘zbek-xitoy vaksinasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. 20.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-20T20:34+0500
2021-07-20T20:34+0500
2021-07-20T21:16+0500
jamiyat
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
nurmat otabekov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/04/19533902_0:134:3165:1914_1920x0_80_0_0_1dee3a72e2a52c79298035627e87a74e.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov o‘zbek-xitoy vaksinasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan "O‘zbekiston 24" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan ko‘rsatuvda munosabat bildirdi.“Bugun ochig‘ini aytishimiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalarning umuman ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy ta’sirini yoqlab chiqadigan, teskari ta’siri bir ommaga tushuntirishga urinayotgan kimsalar paydo bo‘lyaptiki, bugungi kunda vaksina juda muhim, kerakli bir paytda, bu odamlarni fikrini, dunyoqarashini o‘zgartirishga ham olib kelyapti. E’tibor beraylik, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini oladigan bo‘lsak, mana shu vaksina bo‘yicha bugun turli xil mish-mishlar, yolg‘on gap-so‘zlar, bo‘htonlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda fikringizni bilmoqchimiz”, - degan savol bilan murojaat qildi tele-boshlovchi.Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston 5 mln.dan ko‘proq vaksinani ishlatdi. Ishlatilgan vaksinaning 4 mln. dozadan ko‘prog‘i O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina. Hammasi bo‘lib respublikaga 8 mln.dan ko‘proq doza vaksina olib kelindi.“7,5 mln. dozasi O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi, 370 ming dozasi “Sputnik V” vaksinasi, 710 ming dozasi AstraZeneca vaksinasi. O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning hammasi bir xil vaksina – rekombinat oqsil asosida tayyorlangan vaksinalar. Demak, O‘zbekiston hududida qo‘llanilayotgan vaksinalar bu ham xavfsizlik, ham sifat nuqtayi nazaridan to‘liq talablarga javob beradigan vaksina.Vaksina haqida, samarasi, uni qo‘llash haqida fikrlarga keladigan bo‘lsak, ming afsuski hozirgi paytda epidemiologiya, viruslogiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar sohalaridan uzoq sohada ishlaydigan odamlar nimagadur bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishga odat qildi. Keyingi paytlarda hatto tibbiyot xodimlari ichida, tibbiyot xodimlari orasida nufuzli shaxslar tomonidan ham vaksinalarni qoralab chiqish, bunga esa asos sifatida vaksinalarga shubha bilan qarash, oldinga bir fikr surayotganlar bor.Bilasizmi, bir narsaga aniqlik kiritadigan paytimiz keldi, balkim biz u darajada urg‘u bermaganligimiz uchun ham keyingi paytlarda bu kabi gaplarni paydo bo‘lishiga asos qolgan", - dedi Otabekov.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili kasallik avjiga chiqqan paytda O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikni boshladi. XXR Fan akademiyasiga qarashli mikrobioligiya instituti olimlari bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari hamkorlikda ishlarni boshladi."Albatta bu ishlarni har bittasida teg negizida vaksinani yaratish bo‘ldi. Oxir-oqibat mana shu hamkorlikda tayyorlangan vaksina O‘zbekiston hududiga olib kelinib, O‘zbekiston hududida 7 mingdan ko‘proq odamda klinik sinovlari o‘tkazilgan paytda ham xitoylik 8 nafar ekspert 4 oy mobaynida O‘zbekistonda bo‘ldi va sinov jarayonlarida ishtirok etdi. Har bir emlangan odam haqida ular ma’lumotga ega bo‘ldi.Vaksinalarni amaliyotga kiritishdan avval bu qandaydir darajada sinab ko‘rinadi. O‘zbekistonda sinalgan 7 ming vaksinani 3,5 minggi, ya’ni teng yarmi - bu platsebo. Platsebo - degani u aynan vaksina emas, lekin sinov jarayonida samarani baholash uchun shunday usul qo‘llaniladi. Qo‘llanish natijasida vaksinaning samaradorligi 97,2 % deb hisoblandi”, - dedi Otabekov.Otabekov ta’kidlashicha, ayrim odamlarimizda - nima uchun O‘zbekiston xalqida klinik sinovdan o‘tkazildi? - degan fikrlar mavjud."Aslida unday emas, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinani 1,5 mln. dozasi Xitoyda klinik sinovlardan o‘tkazilgan. Bor yo‘g‘i 7 ming ko‘ngillilar O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazildi", - dedi Otabekov.Bundan tashqari, vaksinalarni juda qisqa muddatda paydo bo‘lganiga ham qandaydir shubhalar bilan qarash bo‘lyapti."Aslini olganda biz zamondan orqada qolishimiz kerak emas, hozir bilamizki, vaksinalarni bir necha turlari bor. Aynan O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan “Sputnik V”, AstraZeneca, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina ham bularni barchasi rekombinat oqsil asosida ishlab chiqarilgan vaksinalar", - dedi Otabekov. Ta’kilanishicha, vaksinalarni ishlab chiqarish texnologiyasi tibbiyotga umuman biotexnologiya jarayoniga juda anchadan beri ma’lum bo‘lgan. "Qariyb 30-yil oldin bu kabi texnologiyalar ishlab chiqarilgan. Shu bois biz aynan rekombinat oqsil asosida ishlatilgan virusli gepatit Vga qarshi vaksinani 20-yildan beri ishlatib kelamiz. 20-yildan beri yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ushbu gepatit V kasalligiga qarshi emlayapmiz, ular orasida virusli gepatit V qayd etilmayapti. Virusli gepatit V kasalligining - serroz, saraton, jigar saratoni kabi asoratlar kuzatilmayapti. Vaksina juda katta samara bilan ishlatilmoqda", - dedi SES rahbar o‘rinbosari.Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 15-iyul kuni O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik komponentlari olib kelingandi.Ayni paytda respublika vaksina zaxirasi 8 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 370 ming dozasi "Sputnik V", 710 ming dozasi AstraZeneca, 7,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi. 19-iyul holatiga ko‘ra, 5,8 million doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210327/ozbekistonga-xitoy-ozbek-hammuallifligidagi-vaktsinaning-bir-million-dozasi-olib-kelindi-17989804.html
https://oz.sputniknews.uz/20210715/ozbekistonga-sputnik-v-vaktsinasining-yana-90-ming-dozasi-keltirildi-19687365.html
https://oz.sputniknews.uz/20210713/koronavirus-bilan-bogliq-vaziyat-vaktsina-etishmovchiligi-tufayli-yomonlashmoqda--bsst-19654511.html
https://oz.sputniknews.uz/20210714/kreml-rossiya-vaktsinalari-atrofidagi-vaziyat-siyosiylashtirilayotgani-haqida-bayonot-berdi-19678927.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/04/19533902_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_fa7dd84df6cb72855a4274702a4b9a7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov
O‘zbek-xitoy vaksinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
20:34 20.07.2021 (yangilandi: 21:16 20.07.2021) Nurmat Otabekov o‘zbek-xitoy vaksinasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov o‘zbek-xitoy vaksinasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan "O‘zbekiston 24" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan ko‘rsatuvda munosabat bildirdi.
“Bugun ochig‘ini aytishimiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalarning umuman ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy ta’sirini yoqlab chiqadigan, teskari ta’siri bir ommaga tushuntirishga urinayotgan kimsalar paydo bo‘lyaptiki, bugungi kunda vaksina juda muhim, kerakli bir paytda, bu odamlarni fikrini, dunyoqarashini o‘zgartirishga ham olib kelyapti. E’tibor beraylik, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini oladigan bo‘lsak, mana shu vaksina bo‘yicha bugun turli xil mish-mishlar, yolg‘on gap-so‘zlar, bo‘htonlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda fikringizni bilmoqchimiz”, - degan savol bilan murojaat qildi tele-boshlovchi.
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston 5 mln.dan ko‘proq vaksinani ishlatdi. Ishlatilgan vaksinaning 4 mln. dozadan ko‘prog‘i O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina. Hammasi bo‘lib respublikaga 8 mln.dan ko‘proq doza vaksina olib kelindi.
“7,5 mln. dozasi O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi, 370 ming dozasi “Sputnik V” vaksinasi, 710 ming dozasi AstraZeneca vaksinasi. O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning hammasi bir xil vaksina – rekombinat oqsil asosida tayyorlangan vaksinalar. Demak, O‘zbekiston hududida qo‘llanilayotgan vaksinalar bu ham xavfsizlik, ham sifat nuqtayi nazaridan to‘liq talablarga javob beradigan vaksina.
Vaksina haqida, samarasi, uni qo‘llash haqida fikrlarga keladigan bo‘lsak, ming afsuski hozirgi paytda epidemiologiya, viruslogiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar sohalaridan uzoq sohada ishlaydigan odamlar nimagadur bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishga odat qildi. Keyingi paytlarda hatto tibbiyot xodimlari ichida, tibbiyot xodimlari orasida nufuzli shaxslar tomonidan ham vaksinalarni qoralab chiqish, bunga esa asos sifatida vaksinalarga shubha bilan qarash, oldinga bir fikr surayotganlar bor.
Bilasizmi, bir narsaga aniqlik kiritadigan paytimiz keldi, balkim biz u darajada urg‘u bermaganligimiz uchun ham keyingi paytlarda bu kabi gaplarni paydo bo‘lishiga asos qolgan", - dedi Otabekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili kasallik avjiga chiqqan paytda O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikni boshladi. XXR Fan akademiyasiga qarashli mikrobioligiya instituti olimlari bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari hamkorlikda ishlarni boshladi.
"Albatta bu ishlarni har bittasida teg negizida vaksinani yaratish bo‘ldi. Oxir-oqibat mana shu hamkorlikda tayyorlangan vaksina O‘zbekiston hududiga olib kelinib, O‘zbekiston hududida 7 mingdan ko‘proq odamda klinik sinovlari o‘tkazilgan paytda ham xitoylik 8 nafar ekspert 4 oy mobaynida O‘zbekistonda bo‘ldi va sinov jarayonlarida ishtirok etdi. Har bir emlangan odam haqida ular ma’lumotga ega bo‘ldi.
Vaksinalarni amaliyotga kiritishdan avval bu qandaydir darajada sinab ko‘rinadi. O‘zbekistonda sinalgan 7 ming vaksinani 3,5 minggi, ya’ni teng yarmi - bu platsebo. Platsebo - degani u aynan vaksina emas, lekin sinov jarayonida samarani baholash uchun shunday usul qo‘llaniladi. Qo‘llanish natijasida vaksinaning samaradorligi 97,2 % deb hisoblandi”, - dedi Otabekov.
Otabekov ta’kidlashicha, ayrim odamlarimizda - nima uchun O‘zbekiston xalqida klinik sinovdan o‘tkazildi? - degan fikrlar mavjud.
"Aslida unday emas, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinani 1,5 mln. dozasi Xitoyda klinik sinovlardan o‘tkazilgan. Bor yo‘g‘i 7 ming ko‘ngillilar O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazildi", - dedi Otabekov.
Bundan tashqari, vaksinalarni juda qisqa muddatda paydo bo‘lganiga ham qandaydir shubhalar bilan qarash bo‘lyapti.
"Aslini olganda biz zamondan orqada qolishimiz kerak emas, hozir bilamizki, vaksinalarni bir necha turlari bor. Aynan O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan “Sputnik V”, AstraZeneca, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina ham bularni barchasi rekombinat oqsil asosida ishlab chiqarilgan vaksinalar", - dedi Otabekov.
Ta’kilanishicha, vaksinalarni ishlab chiqarish texnologiyasi tibbiyotga umuman biotexnologiya jarayoniga juda anchadan beri ma’lum bo‘lgan.
"Qariyb 30-yil oldin bu kabi texnologiyalar ishlab chiqarilgan. Shu bois biz aynan rekombinat oqsil asosida ishlatilgan virusli gepatit Vga qarshi vaksinani 20-yildan beri ishlatib kelamiz. 20-yildan beri yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ushbu gepatit V kasalligiga qarshi emlayapmiz, ular orasida virusli gepatit V qayd etilmayapti. Virusli gepatit V kasalligining - serroz, saraton, jigar saratoni kabi asoratlar kuzatilmayapti. Vaksina juda katta samara bilan ishlatilmoqda", - dedi SES rahbar o‘rinbosari.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 15-iyul kuni O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 90 ming dozalik komponentlari olib kelingandi.
Ayni paytda respublika vaksina zaxirasi 8 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 370 ming dozasi "Sputnik V", 710 ming dozasi AstraZeneca, 7,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi.
19 iyul holatiga ko‘ra, 5,8 million doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.