OAV: Polsha Afg‘onistondan odamlarni Navoiy orqali evakuatsiya qiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAeroport Kaliningrad (Xrabrovo) imeni imperatrisi Yelizaveti Petrovni
Aeroport Kaliningrad (Xrabrovo) imeni imperatrisi Yelizaveti Petrovni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq Navoiy aeroportiga Polshaning LOT aviakompaniyasining samolyoti qo‘ngani haqida xabar tarqatgan edi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Afg‘onistondan qochoqlarni evakuatsiya qilish O‘zbekistonning Navoiy shahridagi aeroport orqali amalga oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti o‘zining anonim manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Avvalroq “Novosti Tashkentskogo neba” telegram kanali Navoiy aeroportiga Polshaning LOT aviakompaniyasining Boeing 787 samolyoti qo‘ngani haqida xabar tarqatgan edi. Bundan tashqari, Kobuldan Navoiyga Polsha HHK samolyoti yo‘l olmoqda.
RIA Novosti manbasi bu ma’lumotni tasdiqlagan.
“Ha, Afg‘onistondan Navoiyga evakuatsiya qilingan fuqarolar bugun LOT bortiga minishadi”, - degan agentlik manbasi. Shu bilan birga, evakuatsiyaga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq Polsha TIV Afg‘onistondan bo‘lgan birinchi 50 nafar qochoqlar yaqin orada Polshaga O‘zbekiston orqali yetib kelishini xabar qilgandi. Evakuatsiya qilinganlar orasida bir nafar Polsha fuqarosi bor, qolganlari polyak harbiy kontingentining Afg‘onistondagi ishi vaqtida yordam bergan afg‘onlar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Bundan tashqari, O‘zbekiston Germaniyaga Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda. Buning uchun Toshkentda alohida terminal ajratilgan.
Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.
Situatsiya na granitse Uzbekistana i Afganistana v rayone goroda Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
O‘zbekiston hududida bir necha yuz afg‘on qochoqlarini joylashtirdi – manba
Yangiliklar lentasi
0