https://oz.sputniknews.uz/20210817/rfning-keyingi-qadamlari-tolibon-harakatlariga-bogliq-boladi-nebenzya-20110055.html
RFning keyingi qadamlari Tolibon* harakatlariga bog‘liq bo‘ladi - Nebenzya
RFning keyingi qadamlari Tolibon* harakatlariga bog‘liq bo‘ladi - Nebenzya
Sputnik O‘zbekiston
RF Afg‘onistondagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda – Nebenzya. 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T13:12+0500
2021-08-17T13:12+0500
2023-04-05T18:34+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
bmt
tolibon
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/591/11/5911109_0:0:2947:1657_1920x0_80_0_0_ae18b8e9b48b2f3317b3b682263dc69a.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi va Tolibon*ning aniq harakatlaridan kelib chiqib, toliblarga nisbatan rasmiy qadamlar belgilaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.Uning so‘zlariga ko‘ra, RF Afg‘onistondagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu atigi 10 kun oldin bo‘lib o‘tgan oldingi Kengashdagi muhokamadan keyin tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi."Toliblarga nisbatan keyingi rasmiy qadamlarimizga kelsak, biz bu qadamlarni vaziyatning rivojlanishi va ularning aniq harakatlariga qarab belgilaymiz", - dedi Nebenzya.Moskvada mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar jamoat tartibini o‘rnatishga kirishishgan, shuningdek, tinch aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari uchun xavfsizlik kafolatlarini tasdiqlashdi, dedi diplomat.Uning so‘zlariga ko‘ra, vahimaga berilmaslik kerak. Eng muhimi - tinch aholi o‘rtasida ommaviy qon to‘kilishi oldi olindi. Shu bilan birga, u xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonga milliy yarashuvga yordam berish harakatlaridan voz kechmaslik majburiyatini ko‘rsatdi, bu, xususan, Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokistonda kengaytirilgan “uchlik” tomonidan faol ravishda olib borildi. Bunda Eron ham muhim rol o‘ynashi mumkin.So‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashuvi gumanitar vaziyatning keskin yomonlashishiga olib keldi. Mamlakatdan tashqariga ketgan va qochqinlar soni haqidagi ko‘plab xabarlar xavotirga solmoqda."Bu qo‘shni respublikalar, jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston, Eron va Pokistonga qo‘shimcha yukni yuzaga keltiradi, jangarilar mintaqaga, shu jumladan qochqinlar niqobi ostida kirib kelishi xavfi haqida gapirmasa ham bo‘ladi", - dedi RFning BMTdagi doimiy vakili.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati bilan ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy tashkilotlar - ShHT va KXShT orqali muntazam aloqada.Amerika qo‘shinlari olib ketilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi. Oxirgi haftalarda radikal harakat vakillari hududlar va yirik shaharlarni egallab olishdi. Jangarilar yakshanba kuni Kobulni egallab olishdi va prezident Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etdi.* - RF va boshqa davlatlarda taqiqlangan tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-tiv-afgoniston-boyicha-bayonot-berdi-20108308.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/rossiya-afgon-chegarasida-xavf-tugilgan-taqdirda-ozbekistonni-tashlab-qoymadi--djabarov-20106541.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/591/11/5911109_107:0:2838:2048_1920x0_80_0_0_b053c531715786992d5447c205418ad0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, bmt, tolibon, rossiya
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, bmt, tolibon, rossiya
RFning keyingi qadamlari Tolibon* harakatlariga bog‘liq bo‘ladi - Nebenzya
13:12 17.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) RF Afg‘onistondagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda – Nebenzya.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi va Tolibon*ning aniq harakatlaridan kelib chiqib, toliblarga nisbatan rasmiy qadamlar belgilaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, RF Afg‘onistondagi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu atigi 10 kun oldin bo‘lib o‘tgan oldingi Kengashdagi muhokamadan keyin tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.
"Toliblarga nisbatan keyingi rasmiy qadamlarimizga kelsak, biz bu qadamlarni vaziyatning rivojlanishi va ularning aniq harakatlariga qarab belgilaymiz", - dedi Nebenzya.
Moskvada mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar jamoat tartibini o‘rnatishga kirishishgan, shuningdek, tinch aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari uchun xavfsizlik kafolatlarini tasdiqlashdi, dedi diplomat.
"Umid qilamizki, hozirgi sharoitda diplomatik xodimlar va BMTning Afg‘onistondagi vakolatxonasi xavfsizligi, ularning idoralari esa – daxlsizligi ta’minlanadi. Bu sharoitda Rossiya Kobuldagi elchixonasi normal ishlashini davom ettirmoqda", - deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vahimaga berilmaslik kerak. Eng muhimi - tinch aholi o‘rtasida ommaviy qon to‘kilishi oldi olindi. Shu bilan birga, u xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonga milliy yarashuvga yordam berish harakatlaridan voz kechmaslik majburiyatini ko‘rsatdi, bu, xususan, Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokistonda kengaytirilgan “uchlik” tomonidan faol ravishda olib borildi. Bunda Eron ham muhim rol o‘ynashi mumkin.
So‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashuvi gumanitar vaziyatning keskin yomonlashishiga olib keldi. Mamlakatdan tashqariga ketgan va qochqinlar soni haqidagi ko‘plab xabarlar xavotirga solmoqda.
"Bu qo‘shni respublikalar, jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston, Eron va Pokistonga qo‘shimcha yukni yuzaga keltiradi, jangarilar mintaqaga, shu jumladan qochqinlar niqobi ostida kirib kelishi xavfi haqida gapirmasa ham bo‘ladi", - dedi RFning BMTdagi doimiy vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati bilan ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy tashkilotlar - ShHT va KXShT orqali muntazam aloqada.
Amerika qo‘shinlari olib ketilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi. Oxirgi haftalarda radikal harakat vakillari hududlar va yirik shaharlarni egallab olishdi. Jangarilar yakshanba kuni Kobulni egallab olishdi va prezident Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etdi.
* - RF va boshqa davlatlarda taqiqlangan tashkilot.