https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-tiv-afgoniston-boyicha-bayonot-berdi-20108308.html
O‘zbekiston TIV Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston TIV Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
TIV: O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi. 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T12:12+0500
2021-08-17T12:12+0500
2021-08-17T12:38+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051738_0:47:1200:722_1920x0_80_0_0_79a065a0391c4fc7ab27dbef5ef5d174.jpg
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda mamlakat TIV ma’lum qildi.Bildirilishicha, vaziyatning bu yo‘nalishda rivojlanishi milliy kelishuvga erishishga olib keladi hamda kuchli va layoqatli davlatni shakllantirish uchun sharoit yaratadi.Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha “Tolibon”* harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.“Shuni qat’iy ma’lum qilamizki, O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-afgonistonda-tezroq-tinchlik-va-barqarorlik-ornatilishidan-manfaatdor--mirziyoev-20104410.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051738_88:0:1112:768_1920x0_80_0_0_6d862ace83d977975f34f781b3f20c5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
O‘zbekiston TIV Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi
12:12 17.08.2021 (yangilandi: 12:38 17.08.2021) TIV: O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda mamlakat TIV ma’lum qildi.
“Ichki afg‘on kuchlarining inklyuziv hukumat shakllantirishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.Dohadagi afg‘onlararo muzokaralar doirasida keng ko‘lamli tinchlikka erishilishiga umid bildiramiz. Umid qilamizki, mamlakatda hokimiyat tranziti xalqaro huquqning umume’tirof etilgan meyorlarini inobatga olgan holda umumiy konsensus asosida tinch yo‘l bilan amalga oshiriladi”, - deyilgan
rasmiy bayonotda.Bildirilishicha, vaziyatning bu yo‘nalishda rivojlanishi milliy kelishuvga erishishga olib keladi hamda kuchli va layoqatli davlatni shakllantirish uchun sharoit yaratadi.
“O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini qat’iy bildiradi”, - deyilgan bayonotda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha “Tolibon”* harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.
“Shuni qat’iy ma’lum qilamizki, O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti