https://oz.sputniknews.uz/20210817/deputat-aqsh-ittifoqdoshlarini-kalishga-oxshatdi-20110630.html
Deputat AQSh ittifoqdoshlarini kalishga o‘xshatdi
Deputat AQSh ittifoqdoshlarini kalishga o‘xshatdi
Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchining aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan... 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T13:18+0500
2021-08-17T13:18+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
aqsh
ukraina
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/02/19514315_0:964:2048:2116_1920x0_80_0_0_cb8091084b3ce181d3b7a0c56fe7d8b1.jpg
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. RF Davlat dumasining Sevastopol regionidan bo‘lgan deputati Dmitriy Belik AQSh uchun uning ittifoqdoshlari kalishga tengligi haqida gapirdi. Deputatga ko‘ra, ittifoqdoshlar Qo‘shma Shtatlar uchun kezi kelganda uloqtirib yuborish mumkin bo‘lgan kalishdek qiymatga ega, masalan, Afg‘oniston singari. Amerikaliklarga sodiq qolishga qasamod qilgan sobiq ittifoq mamlakatlarini ham xuddi shu qismat kutadi, deydi siyosatchi."AQSh uchun ittifoqdoshlar - bu hamisha uloqtirib yuborib, yangisini kiyish mumkin bo‘lgan kalishdir. Ular bu kalishni na tozalashni, na parvarishlashni istaydi, axir atrofda shuncha tanlov bo‘lsa, Qobuldagi voqealar buni yaqqol ko‘rsatib berdi. Amerika farovonligi uchun yillab mehnat qilish mumkin, ammo nimadir ro‘y beradigan bo‘lsa, ular sizni etikdagi chang singari artib tashlaydi, chunki Vashington uchun sizlarning barchalaringiz irq emas, balki xizmatkorsizlar", - deb aytgan Belik RIA Novostiga bergan intervyusida.Uning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan Ukraina bilan ham xuddi shu alfozda ish tutadi."AQSh bu davlatlar ularga Rossiyani kuchsizlantirishda ish bermayotganini tushungani zahoti, ularni uloqtiradi va unutib yuboradi", - deydi ishonch bilan deputat.Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/toliblar-afgonistonni-qanday-boshqaradi---islomshunos-fikri-20105179.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/tramp-baydenni-sharmandalarcha-istefoga-chiqishga-chaqirdi-20089214.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/02/19514315_0:772:2048:2308_1920x0_80_0_0_356ebd4e4430f3302f29464e38f37288.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, ukraina, afg‘oniston
rossiya, aqsh, ukraina, afg‘oniston
Deputat AQSh ittifoqdoshlarini kalishga o‘xshatdi
13:18 17.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Siyosatchining aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan Ukraina bilan ham xuddi shu alfozda ish tutadi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. RF Davlat dumasining Sevastopol regionidan bo‘lgan deputati Dmitriy Belik AQSh uchun uning ittifoqdoshlari kalishga tengligi haqida gapirdi.
Deputatga ko‘ra, ittifoqdoshlar Qo‘shma Shtatlar uchun kezi kelganda uloqtirib yuborish mumkin bo‘lgan kalishdek qiymatga ega, masalan, Afg‘oniston singari. Amerikaliklarga sodiq qolishga qasamod qilgan sobiq ittifoq mamlakatlarini ham xuddi shu qismat kutadi, deydi siyosatchi.
"AQSh uchun ittifoqdoshlar - bu hamisha uloqtirib yuborib, yangisini kiyish mumkin bo‘lgan kalishdir. Ular bu kalishni na tozalashni, na parvarishlashni istaydi, axir atrofda shuncha tanlov bo‘lsa, Qobuldagi voqealar buni yaqqol ko‘rsatib berdi. Amerika farovonligi uchun yillab mehnat qilish mumkin, ammo nimadir ro‘y beradigan bo‘lsa, ular sizni etikdagi chang singari artib tashlaydi, chunki Vashington uchun sizlarning barchalaringiz irq emas, balki xizmatkorsizlar", - deb aytgan Belik RIA Novostiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan Ukraina bilan ham xuddi shu alfozda ish tutadi.
"AQSh bu davlatlar ularga Rossiyani kuchsizlantirishda ish bermayotganini tushungani zahoti, ularni uloqtiradi va unutib yuboradi", - deydi ishonch bilan deputat.
Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.