https://oz.sputniknews.uz/20210817/toliblar-afgonistonni-qanday-boshqaradi---islomshunos-fikri-20105179.html
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
Sputnik O‘zbekiston
Toliblar Afg‘oniston aholisining xavfsizligini kafolatlamoqda, lekin OAVlarda bosib olingan hududlarda qattiq islomiy tartib o‘rnatilayotgani haqida xabarlar... 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T09:58+0500
2021-08-17T09:58+0500
2021-08-17T09:58+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20089465_0:72:2941:1726_1920x0_80_0_0_a7217e1fb8f2fcf6a9f37bcd28c9ce78.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘onistonda ommaviy terror uyushtirmaydi. Bu haqda "Ridus" bilan suhbatda Butunjahon rus xalq sobori Inson huquqlarini himoya qilish markazi direktori, islomshunos Roman Silantyev fikr bildirdi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston.Islomshunos so‘zlariga ko‘ra, jangarilar shafqatsiz choralardan voz kechadi, sababi, ular shundoq ham g‘olib sanalmoqda.Shu bilan bir qatorda, radikallar Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deydi mutaxassis."Toliblarning oxirgi 20-yilda aqli kirdi, meni nazdimda, ular ommaviy terrorga qo‘l urmaydi. Bu narsa ularga kerak emas - ulardan shusiz ham hamma qo‘rqadi", - deydi Silantyev.Uning ta’kidlashicha, jangarilar aviatsiyasiz Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini shturm qila olmaydi. O‘z navbatida, Eron, Pokiston va Xitoy radikallarga faol qarshilik ko‘rsatadi.Silantyevning fikricha, Markaziy Osiyoda yagona noziq bo‘g‘in bu Turkmaniston bo‘lib, ammo unga ham boshqa davlatlar yordam ko‘rsatadi.Avvalroq, toliblar bir kun avval qo‘lga olgan Qobulda jamoat tartibini o‘rnatishga kirishgani ma’lum bo‘lgan edi. Harakat vakillari mahalliy aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlagan, deb xabar qiladi Rossiya TIV.O‘z navbatida, Afg‘onistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzayning aytishicha, jangarilar "Tolibon" muxoliflarini jazolash maqsadida Qobulda uyma-uy yurishni boshlashgan. Uning aytishicha, shaharliklar qattiq qo‘rquvda hayot kechirmoqda.Isxakzay xalqaro hamjamiyatni "Afg‘onistondagi islom amirligini" tan olmaslikka chaqirgan.Eslatib o‘tamiz, Daily Mail nashri radikallar 12 yashar qizaloqlarni qullikka olishni boshlagani va egallab olingan hududlarda o‘ta qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshlashgani haqida xabar bergan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210719/afgoniston-hatto-urush-ham-jaholat-bilan-olib-borilmasligi-kerak-19742751.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/afgonistondagi-vaziyat--20091668.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20089465_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_eb7cf7395a4e1011f5bc3a030db7cb65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
Toliblar Afg‘oniston aholisining xavfsizligini kafolatlamoqda, lekin OAVlarda bosib olingan hududlarda qattiq islomiy tartib o‘rnatilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lishda davom etmoqda.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘onistonda ommaviy terror uyushtirmaydi. Bu haqda "Ridus" bilan suhbatda Butunjahon rus xalq sobori Inson huquqlarini himoya qilish markazi direktori, islomshunos Roman Silantyev fikr bildirdi, deya xabar beradi
Sputnik Tojikiston.
Islomshunos so‘zlariga ko‘ra, jangarilar shafqatsiz choralardan voz kechadi, sababi, ular shundoq ham g‘olib sanalmoqda.
Shu bilan bir qatorda, radikallar Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deydi mutaxassis.
"Toliblarning oxirgi 20-yilda aqli kirdi, meni nazdimda, ular ommaviy terrorga qo‘l urmaydi. Bu narsa ularga kerak emas - ulardan shusiz ham hamma qo‘rqadi", - deydi Silantyev.
Uning ta’kidlashicha, jangarilar aviatsiyasiz Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini shturm qila olmaydi. O‘z navbatida, Eron, Pokiston va Xitoy radikallarga faol qarshilik ko‘rsatadi.
Silantyevning fikricha, Markaziy Osiyoda yagona noziq bo‘g‘in bu Turkmaniston bo‘lib, ammo unga ham boshqa davlatlar yordam ko‘rsatadi.
Avvalroq, toliblar bir kun avval qo‘lga olgan Qobulda jamoat tartibini o‘rnatishga kirishgani ma’lum bo‘lgan edi. Harakat vakillari mahalliy aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlagan, deb xabar qiladi Rossiya TIV.
O‘z navbatida, Afg‘onistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzayning aytishicha, jangarilar "Tolibon" muxoliflarini jazolash maqsadida Qobulda uyma-uy yurishni boshlashgan. Uning aytishicha, shaharliklar qattiq qo‘rquvda hayot kechirmoqda.
Isxakzay xalqaro hamjamiyatni "Afg‘onistondagi islom amirligini" tan olmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, Daily Mail nashri radikallar 12 yashar qizaloqlarni qullikka olishni boshlagani va egallab olingan hududlarda o‘ta qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshlashgani haqida xabar bergan edi.