AQSh Rossiyaning yaxshi insonlariga zarba berdi

© AFP 2023 / Shakib Rahmani Amerikanskie soldati v aeroportu Kabula
Amerikanskie soldati v aeroportu Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Kobul aeroportida yangi fojia avj oldi. Qo‘rquvdan dahshatga tushgan afg‘onlar uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘ldirib yuborishdi, amerikalik harbiylar “oq sohiblari” qochishini pana qilib, ularga qarata o‘t ochishdi. Bir necha kishi o‘ldirildi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Amerikaliklar Afg‘onistondan poyabzali va zirhli texnikasini yo‘qotib, juftakni rostalayotgan bir paytda ular tomonidan xonavayron qilingan mamlakatda haqiqiy fojia ro‘y bermoqda. Uning sujeti, afsuski, yaxshi tanish. Istilo qilish davrida ko‘plab afg‘onlar amerikalik harbiylar bilan hamkorlik qilishni boshlashdi. Hozir ular toliblarning* qasosidan dahshatga tushishmoqda.
Davka i panika: kak lyudi shturmuyut aeroport Kabula v nadejde ubejat iz Afganistana
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda
Atigi bir necha kishi – amerikaliklar tomonidan mamlakat prezidenti etib tayinlanganga o‘xshashlar – zaxira aerodormdan chet elga qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan kollaboratsionistlar amerikalik diplomatlardan ularga viza berishlarini so‘rab zora qilishdi, tushkunlikka tushishdi, boshqa elchixonalarga borib sarg‘ayishdi. Ammo yillar davomida o‘z kontingentini Afg‘onistonda ushlab turgan NATOga a’zo mamlakatlar ittifoqdoshlariga omon qolish uchun kichik bir imkoniyat ham qoldirishmadi. Ular o‘zlari bilan ovora edi: narsalarini chamadonlarga joylashtirishdo‘i, elchixonalardagi hujjatlarni yoqishdi, samolyotlarga o‘tirib olishdi.
Kobul aeroportida yangi fojia avj oldi. Qo‘rquvdan dahshatga tushgan afg‘onlar uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘ldirib yuborishdi, amerikalik harbiylar “oq sohiblari” qochishini pana qilib, ularga qarata o‘t ochishdi. Bir necha kishi o‘ldirildi.
Bu voqea yangilik emas. Amerikaliklar Saygondan xuddi shunday juftakni rostlashgandi. O‘shanda ularga ishlagan janublik vyetnamliklar olomon bo‘lib amerika elchixonasiga hujum qilgandi, ketayotgan amerikaliklar transporti ortidan o‘zini tashlaganda. Ular vatanida qolishdan va istilochilar farmoniga ko‘ra sodir etgan jinoyatlari uchun javob berishdan qo‘rquvga tushishgandi.
Bugungi kunda Iroqda amerikaliklar bilan ishlayotgan harbiy tarjimonlar partizanlar qo‘lidan muntazam o‘lim topayotgani haqidagi xabarlar tarqalib turadi. Ko‘pincha ularga tahdid qila boshlashadi, ular amerika vizasini so‘rab murojaat qilishadi, ammo rad javobini olishadi. Tez orada kollaboratsionistni otib o‘ldirilgan holda topishadi – ba’zan yaqinlari bilan birgalikda.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
Hatto amerikalik harbiylar, dunyo da unchalik hissiyotganga berilmaganlar, o‘z hukumatidan ozgina bo‘lsada insonparvarlik ko‘rsatib, ular egallagan mamlakatlarda ularga ishlagan xodimlarga yordam berishni so‘rashadi. Biroq yo‘q, Shtatlar siyosati o‘zgarmasdan qolmoqda. Bu unga ishonganlarni doimo va namoyishkorona sotish.
Amerikalik kollaboratsionistlarning taqdiri, ko‘rib turganimizdek, ayanchli. Nega ular safi hech kam kamaymaydi? Nima sababdan dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan kishilar bu iflos va xavfli ishga jazm qilashadi? Boz ustiga nafaqat qashshoq Afg‘onistonda, balki bir paytlar farovon bo‘lgan sovet Boltiqbo‘yida?
Bu yerda gap shundaki, bo‘lajak politsaylar amerika rejimi tomonidan butun dunyo bo‘ylab yetishtirilmoqda, uch bosqichda. Avvaliga bu shunchaki taraqqiy topayotgan global kundalik hayot tarafdorlari. Faollar, yaxshi narsa kurashchilari va yomon narsalarga qarshi bo‘lganlar. Ulardan ko‘pchiligi butun umri davomida o‘zining ajoyib ishlari bilan shug‘ullanishadi va halol fuqaro bo‘lib qolishadi. Biroq ularning bir qismi qaysidir payt anglaydiki, taraqqiyotning asosiy dushmani – qo‘qqisdan – ularning mamlakati va uning noto‘g‘ri xalqi bo‘ladi.
Bu bosqichda faol o‘z xalqidan ajarib chiqishga urinadi. U dolzarb mavzular haqida gapirishda, chiqindilarni saralashda va o‘zining veganli lattesini ichishda davom etadi, ammo u bora-bora o‘zining tor bazmlarida qo‘g‘irchoqqa aylanib boradi. Bir vaqtning o‘zida u bugungi kunda yuzlab megapolislarda, Nayrobilan tortib Pekingacha, Buenos-Ayresdan tortib Moskagacha, yashayotgan oliy tabaqali kishilar qatorida bo‘lishi kerakligini his qiladi.
V poiskax Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Ashraf G‘ani qayerda?
Biroq yo‘llar o‘tadi, faol keksayadi, atrofdagi hech narsa o‘zgarmaydi. Mamlakat hali ham o‘sha, noto‘g‘ri, xalq ham o‘sha, noto‘g‘ri, u esa shunday oliy tabaqali yoqalari oq bo‘lgan kiyim kiygan odamcha.
Mana shunda faolning uning mamlakatiga oxir-oqibat asosiy Demorkatiyadan to‘g‘ri bo‘lgan demokratlar kirishi haqidagi qasoskorona orzulari tug‘iladi. Ular faolni noto‘g‘r xalq ustidan gaulyaytor etib tayinlashadi. Yoki avval boshda hech bo‘lmaganda politsay etib. U dollarda yaxshi maosh ola boshlaydi va idoralarga bo‘ysunuvchi xalqni kalaka qila boshlaydi.
Sobiq sovet hududidan bo‘lgan politsaylarning bu orzulari ikki seriyada o‘ynaladi. Birinchisida – taraqqiyotchilar amerikalik harbiylar yordamida o‘zining noto‘g‘ri aholisini ta’zirini beradi. Ikkinchisida – Moskvaga qarab yurishadi.
Bunday fantaziyalarda bizning zamondoshlar o‘n yillab yashashadi. O‘ch olish, hasadgo‘ylik, xo‘jayin orzusi – bu luzerning (omadsiz) birlamchi alomatlari, albatta. Ammo omadsizlik – bu hamonning emas, balki miya holati.
Bu ko‘plab jarayonlar ko‘z o‘ngimizda Ukraina, Gruziya, Boltiqbo‘yi mamlakatlarida bo‘lib o‘tdi. Uzoqqa borishning nima keragi bor? Bir paytlar jamoatchilikni “Urengoylik Kolya” voqeasi g‘azabini keltirgan edi. Chunki aynan shu voqead yaxshi rus bolasidan bo‘lajak politsayga aylanish jarayoni yaqqol ko‘ringan edi.
Har zamonda amerikaliklar o‘z ittifoqchilarini chuv tushirib ketishadi: harbiy mojaro vaqtida yordamga kelishmaydi, misol uchun. 2008-yildagi gruzinlar yoki 2019-yildagi kurdlarni olib qarang. Nima bo‘lsa ham, ittifoqchilar halok bo‘lmoqda. Lekin ularning o‘rniga yangisi kelyapti.
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Hukumat o‘zgargan Afg‘onistondagi vaziyat qanday
Amerikaliklarni mayda ishlar qiziqtirmaydi. Yugoslaviya taqdirini yodga oling. Yevropadagi poytaxt – Belgrad ustiga amerika bombalarining qulashi. Ular ham Miloshevich tarafdorlari, ham “G‘arb qadriyatlari” muxlislarini teng ravishda o‘ldirgandi. Bombapanohlarda qo‘rquvdan ham keksa kommunistlar, ham yosh globalchilar birdek titrardi. O‘shanda ularni oq xo‘jayinlar qahridan hech narsa qutqarmagandi.
Afg‘onistonda nimalar ro‘y berayotganiga qarab, Ukraina va Boltiqbo‘yidagi elitalar g‘imirlab qolishdi, hayajonga tushib qolishdi. Kechirasiz, demak, amerikaliklar ketishi mumkin? Chamasi, shunday. Ukraina gaz quvurisiz dastagi bo‘lmagan chamadon bo‘ldi qoldi. Boltiqbo‘yilik yo‘lbarslarning hech vaqosi yo‘q, qarzdan tashqari. Ularning amerikaliklarga nima keragi bor o‘zi? Harbiy plasdarmalar Rossiyaga qarshi qanday qarshilik qiladi? Biroq, ko‘rinishidan, hamkorlar bu ish umidsiz va telbanamo ekanligini anglashdi. Ha, ular o‘z ortidan vayronalar, depressiya va qashshoqlikni qoldirib, xohlagan paytda ketishlari mumkin.
Mujchina perevozit gazovie balloni. Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Notinchlik tufayli Afg‘onistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi
Qizil maydon bo‘ylab amerika tanklarida o‘tishni shunchalik orzu qilgan politsaylarning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi va o‘takalari yorildi. Tepadagilar, ayonki, uchun qulaygina zaxira aerodromlarni hozirlab qo‘ydi. Pastdagilarning voqelikka duch kilishlari muqarrarligi ayon bo‘lyapti.
Rossiya sobiq sovetining madaniy markazi sifatida bu jarayon yumshoq va og‘riqsiz o‘tishi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Chippakka chiqqan orzular tasallisi amerikaliklarsiz ham hayot yaxshi o‘tishi bo‘ladi. Bundan battari bo‘lmaydi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0