https://oz.sputniknews.uz/20210811/toliblar-shimoliy-provintsiyalar-poytaxtlarini-egallamoqda-qobul-va-aqsh-javobi-qanday-boladi-20036954.html
Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi
Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Toliblar tomonidan Afg‘oniston shimoliy provinsiyalari ma’muriy markazlarining katta tezlikda egallab olinishi, qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga... 11.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-11T16:38+0500
2021-08-11T16:38+0500
2021-08-11T16:38+0500
analitika
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19614716_0:206:2911:1843_1920x0_80_0_0_12b90107d71303635076aed4054bc097.jpg
Uch kun 8-10 avgust ichida "Tolibon"* mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimroz provinsiyasi ma’muriy markazini hisobga olmaganda, beshta shimoliy provinsiyalar - Qunduz, Sari-Pul, Juzjon, Samangan, Balx poytaxtlarini egalladi. Toliblar tomonidan "boshidan judo qilingan" Afg‘onistonning beshta provinsiyasi xaritada bitta dog‘ ko‘rinishiga ega, shu bilan birga Juzjon, Balx va Qunduz Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh.Harbiy-diniy harakatning yoz boshidan buyon aksariyat provinsiyalarda hukumat kuchlari ustidan qo‘li baland kelmoqda, biroq shunday bo‘lsa-da, Afg‘oniston shimolidagi muvaffaqiyatlar paradoksal ko‘rinishga ega bo‘lib qolyapti. Bu yerda "Tolibon"* pozitsiyalari markaziy va janubiy provinsiyalarga qaraganda, hamisha kuchsizroq bo‘lgan. Toliblar ilk marta 1996-2001 yillarda hokimiyat tepasiga ilk bor kelganida, mamlakatning bir qismi, Shimoliy koalitsiyaning sa’y-harakatlari bilan, terrorchilar nazoratidan chetda qolgan. O‘sha paytda Panjsher g‘orida yuz minglab qochqinlar bor edi, ular yetishmovchilikdan aziyat chekishgan (ichimlik suvi va oziq -ovqat mahsulotlari yetarli bo‘lmagan), lekin o‘z uylarida emas, "Tolibon"* hukmronligi ostida yashashdan ko‘ra, shunday hayotni afzal ko‘rishardi.Hukumat kuchlari va ekstremistlar o‘rtasidagi eng shiddatli janglar 18 provinsiyalarda, jumladan, Badaxshon, Taxor, Qunduz, Juzjon, Hirot, Hilmand va Qandahorda kechgan. Shu bilan birga, yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan, 57 mingdan ortiq oilalar o‘z uylarini tashlab ketishgan. Qochqinlar Qobulda norozilik namoyishini o‘tkazib, hukumat va BMTdan yordam talab qilishmoqda. Afg‘oniston Islom Respublikasi Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab jangovar harakatlar va toliblar hujumidan keyin o‘quvchilarning 42 foizi ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Va bu yaqinlashib kelayotgan "Islom amirligi"ning shunchaki shu’lalaridir.Vashington tomonidan uyushtirilgan navbatdagi gumanitar falokat belgilaridan xavotirga tushib, Vashington qo‘ldan kelgan yordamni bermoqda - u "Tolibon" pozitsiyalari va yaqin binolarni katta balandlikdan bombardimon qilayotgan V-52 strategik bombardimonchilarini yo‘lladi. Bu singari taktika so‘nggi 20-yil ichida toliblarni o‘zgartirmadi, AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng esa aviazarbalar umidsizlik va siyosiy ojizlik ko‘rinishini olmoqda.Kim aybdorVashingtonda Afg‘oniston yo‘nalishida aniq harakat rejasi yo‘q. AQSh Harbiy -havo kuchlari hali ham toliblarga qarshi aviazarbalarni, asosan, Fors ko‘rfazidagi Al- -Udeyd aviabazasidan amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, Pentagon zudlik bilan ro‘y beradigan qulashda o‘z afzalliklari - zamonaviy qurollar va son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan xavfsizlik kuchlaridan no‘noqlik bilan foydalanayotgan Qobul "rahbariyati"ning o‘zi aybdor bo‘lishiga shama qilmoqda.Amerikaliklar uchun Afg‘onistonda NATO standartlari bo‘yicha, mahalliy reallik va mentalitetni hisobga olmagan holda kechgan yigirma yillik harbiy qurilish (o‘nlab milliard dollarlik sarmoya) samarasiz bo‘lganini tan olish qiyin. Amerikaning Defense Priorities tahliliy markazi direktori Benjamin Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, undan The Washington Times nashri iqtibos keltiradi, "davlat qurilishi missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, yomon davlat poydevorida jangovar qobiliyatga ega qurolli kuchlarni qurish esa deyarli imkonsizdir".Toliblar afg‘on shaharlarini xuddi kompyuter o‘yinlaridagi singari - tezkor, minimal yo‘qotishlar bilan egallashmoqda. Dushman tomonidan olib qo‘yilgan zirhlangan texnikadan hamda o‘zining maxsus bo‘linmalaridan o‘ta mohirona foydalanishmoqda. Shu kunlarda hatto strategik jihatdan muhim bo‘lgan va shu vaqtgacha shiddat bilan o‘zini himoyalagan, "Tolibon"ning eng asosiy raqiblaridan biri - marshal Abdul-Rashid Do‘stum shtabi dislokatsiyasi manzili bo‘lib xizmat qilgan Shebergan provinsiyasi markazi (O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralari yaqinida joylashgan) ham taslim bo‘ldi.BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘oniston bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, bu tadbirni toliblar ko‘rmaslikka olishdi. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi rahbari Debora Layons shahar hududlariga uyushtiriladigan hujumlar fuqarolar orasida ulkan qurbonlarga olib kelishi mumkinligi, mamlakatni "fojiali tarzda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan inqirozlar zanjiri" kutayotgani haqida ogohlantirdi va Islom Amirligining qayta tiklanishi AQSh uchun nomaqbul ekanligini qo‘shimcha qildi. Bir vaqtning o‘zida Vashington va London o‘z fuqarolarini "portlash" yoqasida turgan Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.Gipotetik jihatdan, Pentagon hali ham qaytishi mumkin, lekin aslida buning uchun pul ham, vaqt ham yo‘q. The New York Times, Oq uydagi yuqori martabali amaldoriga tayangan holda, toliblarning harbiy muvaffaqiyatlari AQSh prezidenti Jo Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish rejalarini o‘zgartirmaganini yozmoqda. Shunday qilib, Vashington Osiyo va Yevropadagi ittifoqchilarini uzil-kesil taqdir va toliblar hukmiga qoldirmoqda.Nima qilmoq kerakUzoq davom etgan urushdan so‘ng, AQSh va NATO "Tolibon"*ni hujumlardan va yaqin g‘alabadan voz kechishga ko‘ndirmoqchi. Alyanskning rasmiy vakili 10-avgustda: "Toliblar hujumlarni to‘xtatishi va tinchlik muzokaralarida halol ishtirok etishi kerak", dedi. Shimoliy Atlantika alyansi terrorchilarni qurolli kurashni to‘xtatishga chaqirgan holda, aks holda xalqaro hamjamiyat ular hokimiyatini hech qachon tan olmasligini aytmoqda.Juda kmob, paradoksal soddalik. Toliblar tomonidan Qobulning ikkinchi marta egallanishiga ko‘p vaqt qolmayapti. Keyin esa Afg‘oniston hududidan xalqaro terrorizm G‘arbiy Yevropa yo‘nalishida "kuchni proyeksiyalash"ni boshlaydi. Albatta, giyohvand moddalar savdosi ham hech qayerga ketmaydi.Dohada Rossiya, Xitoy, Pokiston, AQSh va "Tolibon"* ishtirokidagi Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralari 10-avgustda boshlangan. Muzokaralar natijasini oldindan prognoz qilish qiyin, lekin Afg‘onistondagi urush, so‘zsiz, davom etadi. Mavjud Islom Respublikasining hukumat tuzilmalariga qonunan o‘rnasha oladigan, avtomatlarni tashlab, qo‘lga ketmon oladigan, kelishuvga boraoladigan, "yaxshi toliblar" haqidagi ertaklarni faqat mas’uliyatsiz, g‘arazli odamlargina to‘qishi mumkin.Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston har ehtimolga qarshi Afg‘oniston chegaralari yaqinida katta kuchlar, bronetexnika va zarba beruvchi samolyotlarni jalb etgan holda qator qo‘shma harbiy manyovrlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va milliy qurolli kuchlarning takomillashtirilishida faol ko‘mak bermoqda.Rossiya Tojikistondagi 201-harbiy bazasini sezilarli mustahkamladi, arsenalda yangi bronetexnika, masofasi uzaytirilgan ognemetlar paydo bo‘ldi.Kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik saqlanib qolmoqda va bu ufqda sharpasi ko‘rinish berayotgan harakatlari oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan "Islom amirligi" bilan ehtimoliy muloqotga oqilona yondashuvdir.* – RFda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210810/rf-va-xxr-strategik-mashqlari-2021--amerikaliklar-va-toliblarga-katta-salom-20015866.html
https://oz.sputniknews.uz/20210805/marshal-dostum-afgonistonga-qaytdi-19960860.html
https://oz.sputniknews.uz/20210810/mashhur-afgon-dala-qomondoni-axmad-shax-masud-tolibon-haqida-nima-degan-edi-20022580.html
https://oz.sputniknews.uz/20210807/aqsh-elchixonasi-amerikaliklarni-afgonistonni-zudlik-bilan-tark-etishga-chaqirdi-19988806.html
https://oz.sputniknews.uz/20210809/tolibon-aqshni-afgon-mojarosiga-aralashmaslikka-chaqirdi-19997124.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19614716_90:0:2821:2048_1920x0_80_0_0_05329ab790a5ace3d18a613227470ceb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
analitika, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
analitika, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Toliblar shimoliy provinsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSh javobi qanday bo‘ladi
Toliblar tomonidan Afg‘oniston shimoliy provinsiyalari ma’muriy markazlarining katta tezlikda egallab olinishi, qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solmoqda, qochqinlar oqimini yuzaga keltirib, keng ko‘lamli gumanitar falokatning boshlanishiniga sabab bo‘lmoqda
Uch kun 8-10 avgust ichida "Tolibon"* mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimroz provinsiyasi ma’muriy markazini hisobga olmaganda, beshta shimoliy provinsiyalar - Qunduz, Sari-Pul, Juzjon, Samangan, Balx poytaxtlarini egalladi. Toliblar tomonidan "boshidan judo qilingan" Afg‘onistonning beshta provinsiyasi xaritada bitta dog‘ ko‘rinishiga ega, shu bilan birga Juzjon, Balx va Qunduz Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh.
Harbiy-diniy harakatning yoz boshidan buyon aksariyat provinsiyalarda hukumat kuchlari ustidan qo‘li baland kelmoqda, biroq shunday bo‘lsa-da, Afg‘oniston shimolidagi muvaffaqiyatlar paradoksal ko‘rinishga ega bo‘lib qolyapti. Bu yerda "Tolibon"* pozitsiyalari markaziy va janubiy provinsiyalarga qaraganda, hamisha kuchsizroq bo‘lgan. Toliblar ilk marta 1996-2001 yillarda hokimiyat tepasiga ilk bor kelganida, mamlakatning bir qismi, Shimoliy koalitsiyaning sa’y-harakatlari bilan, terrorchilar nazoratidan chetda qolgan. O‘sha paytda Panjsher g‘orida yuz minglab qochqinlar bor edi, ular yetishmovchilikdan aziyat chekishgan (ichimlik suvi va oziq -ovqat mahsulotlari yetarli bo‘lmagan), lekin o‘z uylarida emas, "Tolibon"* hukmronligi ostida yashashdan ko‘ra, shunday hayotni afzal ko‘rishardi.
Hukumat kuchlari va ekstremistlar o‘rtasidagi eng shiddatli janglar 18 provinsiyalarda, jumladan, Badaxshon, Taxor, Qunduz, Juzjon, Hirot, Hilmand va Qandahorda kechgan. Shu bilan birga, yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan, 57 mingdan ortiq oilalar o‘z uylarini tashlab ketishgan. Qochqinlar Qobulda norozilik namoyishini o‘tkazib, hukumat va BMTdan yordam talab qilishmoqda. Afg‘oniston Islom Respublikasi Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab jangovar harakatlar va toliblar hujumidan keyin o‘quvchilarning 42 foizi ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Va bu yaqinlashib kelayotgan "Islom amirligi"ning shunchaki shu’lalaridir.
Vashington tomonidan uyushtirilgan navbatdagi gumanitar falokat belgilaridan xavotirga tushib, Vashington qo‘ldan kelgan yordamni bermoqda - u "Tolibon" pozitsiyalari va yaqin binolarni katta balandlikdan bombardimon qilayotgan V-52 strategik bombardimonchilarini yo‘lladi. Bu singari taktika so‘nggi 20-yil ichida toliblarni o‘zgartirmadi, AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng esa aviazarbalar umidsizlik va siyosiy ojizlik ko‘rinishini olmoqda.
Vashingtonda Afg‘oniston yo‘nalishida aniq harakat rejasi yo‘q. AQSh Harbiy -havo kuchlari hali ham toliblarga qarshi aviazarbalarni, asosan, Fors ko‘rfazidagi Al- -Udeyd aviabazasidan amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, Pentagon zudlik bilan ro‘y beradigan qulashda o‘z afzalliklari - zamonaviy qurollar va son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan xavfsizlik kuchlaridan no‘noqlik bilan foydalanayotgan Qobul "rahbariyati"ning o‘zi aybdor bo‘lishiga shama qilmoqda.
Amerikaliklar uchun Afg‘onistonda NATO standartlari bo‘yicha, mahalliy reallik va mentalitetni hisobga olmagan holda kechgan yigirma yillik harbiy qurilish (o‘nlab milliard dollarlik sarmoya) samarasiz bo‘lganini tan olish qiyin. Amerikaning Defense Priorities tahliliy markazi direktori Benjamin Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, undan The Washington Times nashri iqtibos keltiradi, "davlat qurilishi missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, yomon davlat poydevorida jangovar qobiliyatga ega qurolli kuchlarni qurish esa deyarli imkonsizdir".
Toliblar afg‘on shaharlarini xuddi kompyuter o‘yinlaridagi singari - tezkor, minimal yo‘qotishlar bilan egallashmoqda. Dushman tomonidan olib qo‘yilgan zirhlangan texnikadan hamda o‘zining maxsus bo‘linmalaridan o‘ta mohirona foydalanishmoqda. Shu kunlarda hatto strategik jihatdan muhim bo‘lgan va shu vaqtgacha shiddat bilan o‘zini himoyalagan, "Tolibon"ning eng asosiy raqiblaridan biri - marshal Abdul-Rashid Do‘stum shtabi dislokatsiyasi manzili bo‘lib xizmat qilgan Shebergan provinsiyasi markazi (O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralari yaqinida joylashgan) ham taslim bo‘ldi.
BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘oniston bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, bu tadbirni toliblar ko‘rmaslikka olishdi. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi rahbari Debora Layons shahar hududlariga uyushtiriladigan hujumlar fuqarolar orasida ulkan qurbonlarga olib kelishi mumkinligi, mamlakatni "fojiali tarzda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan inqirozlar zanjiri" kutayotgani haqida ogohlantirdi va Islom Amirligining qayta tiklanishi AQSh uchun nomaqbul ekanligini qo‘shimcha qildi. Bir vaqtning o‘zida Vashington va London o‘z fuqarolarini "portlash" yoqasida turgan Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.
Gipotetik jihatdan, Pentagon hali ham qaytishi mumkin, lekin aslida buning uchun pul ham, vaqt ham yo‘q. The New York Times, Oq uydagi yuqori martabali amaldoriga tayangan holda, toliblarning harbiy muvaffaqiyatlari AQSh prezidenti Jo Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish rejalarini o‘zgartirmaganini yozmoqda. Shunday qilib, Vashington Osiyo va Yevropadagi ittifoqchilarini uzil-kesil taqdir va toliblar hukmiga qoldirmoqda.
Uzoq davom etgan urushdan so‘ng, AQSh va NATO "Tolibon"*ni hujumlardan va yaqin g‘alabadan voz kechishga ko‘ndirmoqchi. Alyanskning rasmiy vakili 10-avgustda: "Toliblar hujumlarni to‘xtatishi va tinchlik muzokaralarida halol ishtirok etishi kerak", dedi. Shimoliy Atlantika alyansi terrorchilarni qurolli kurashni to‘xtatishga chaqirgan holda, aks holda xalqaro hamjamiyat ular hokimiyatini hech qachon tan olmasligini aytmoqda.
Juda kmob, paradoksal soddalik. Toliblar tomonidan Qobulning ikkinchi marta egallanishiga ko‘p vaqt qolmayapti. Keyin esa Afg‘oniston hududidan xalqaro terrorizm G‘arbiy Yevropa yo‘nalishida "kuchni proyeksiyalash"ni boshlaydi. Albatta, giyohvand moddalar savdosi ham hech qayerga ketmaydi.
Dohada Rossiya, Xitoy, Pokiston, AQSh va "Tolibon"* ishtirokidagi Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralari 10-avgustda boshlangan. Muzokaralar natijasini oldindan prognoz qilish qiyin, lekin Afg‘onistondagi urush, so‘zsiz, davom etadi. Mavjud Islom Respublikasining hukumat tuzilmalariga qonunan o‘rnasha oladigan, avtomatlarni tashlab, qo‘lga ketmon oladigan, kelishuvga boraoladigan, "yaxshi toliblar" haqidagi ertaklarni faqat mas’uliyatsiz, g‘arazli odamlargina to‘qishi mumkin.
Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston har ehtimolga qarshi Afg‘oniston chegaralari yaqinida katta kuchlar, bronetexnika va zarba beruvchi samolyotlarni jalb etgan holda qator qo‘shma harbiy manyovrlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va milliy qurolli kuchlarning takomillashtirilishida faol ko‘mak bermoqda.
Rossiya Tojikistondagi 201-harbiy bazasini sezilarli mustahkamladi, arsenalda yangi bronetexnika, masofasi uzaytirilgan ognemetlar paydo bo‘ldi.
Kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik saqlanib qolmoqda va bu ufqda sharpasi ko‘rinish berayotgan harakatlari oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan "Islom amirligi" bilan ehtimoliy muloqotga oqilona yondashuvdir.
* – RFda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.