https://oz.sputniknews.uz/20210812/abiturientlar-soni-keskin-kamayishi--20054454.html
Bu yilgi abituriyentlar sonining keskin kamayishi sababi nimada
Bu yilgi abituriyentlar sonining keskin kamayishi sababi nimada
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilda davlat ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan yarim millionga yaqin kamroq. 12.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-12T17:36+0500
2021-08-12T17:36+0500
2021-08-12T17:36+0500
jamiyat
talabalar
abituriyent
otm
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_0:199:3072:1927_1920x0_80_0_0_62e0831a891c9a89d109e1d661110cd8.jpg
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassalarida tahsil olish uchun yildan yilga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Bunga yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7-yil muddatga 14 foiz stavka bilan berilishi, “temir daftar”ga kirgan yoshlarga alohida imtiyozlar belgilanishini misol qilib keltirish mumkin.O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlariga 2021-2022 o‘quv yili uchun 950 mingga yaqin abituriyentlar hujjat topshirgan. Bu 2020-yilga nisbatan 535 ming kishiga yoki 36,1 foizga kam. 2019-yilda esa 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent hujjat topshirgan.Xo‘sh, oliygohga hujjat topshirayotganlar sonining kamayishi sababi nimada? Sputnik muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovning bu boradagi fikrlarini so‘rab bildiXoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil hujjat topshirgan abituriyentlarning soni nega keskin kamayganining aniq bir sababini keltirish qiyin.U yana bir asosiy sabablardan biri sifatida nodavlat oliy ta’lim, xorijiy oliy ta’lim muassalari filiallari soni ko‘payishi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Mavjudlarida esa qabul kvotalari soni oshirilgan.“Ha, aytish mumkinki, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagidagi yoshlarimiz yildan yilga oshib bormoqda. Xohlaymizmi yo‘qmi, bu oliy ta’lim muassasalari xorijiy dasturlar asosida o‘qitiladi va bitiruvchilariga bozorda talab yuqori. Bugungi kunda oliy ta’limga kelayotgan har bir yosh kelajagini o‘ylab mehnat bo‘yicha qaysi bozorda kadrga talab yuqori bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishda hujjat topshirmoqda. Bu birinchi navbatda yoshlarimizni dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratayotganligini, hamda qayerda sifatli ta’lim olish mumkin ekanligi haqida fikr uyg‘onayotganligini anglatadi”, - deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i.U xorijiy oliy ta’lim muassalari yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalarining barchasi mustaqil ekaniga e’tibor qaratdi. Ular dasturlarini tuzishda, mablag‘larini ishlatishda, moddiy texnik ba’zasini yaxshilashda, talabalarni rag‘batlantirishda, professor o‘qituvchilarning maoshlarini belgilashda ham ancha mustaqil.Uning fikricha, abituriyentlar sonining kamayishi bu juda katta yo‘qotish yoki salbiy holat deb baholash noto‘g‘ri.“Har bir holatni yaxshi tomonini tahlil qilish kerak. Yoshlarimiz o‘z mablag‘larini, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganishmoqda deyish mumkin. Oliy ma’lumot oldi degani hayotda yaxshi yashab ketdi degan kafolatni bermaydi. Asosiysi, har kim faoliyat olib borayotgan sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lishi lozim”, - deya xulosa qildi Xoliqov.
https://oz.sputniknews.uz/20210330/professional-talim-tizimida-dual-talim-tashkil-etiladi--bu-nima--18024444.html
https://oz.sputniknews.uz/20210811/universitet-emas-orzu-yangi-ozbekiston-oliygohiga-qanday-kirishi-mumkin-20031341.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/20003006_85:542:2093:2048_1920x0_80_0_0_d88747ca7cc6de3acecc45f7d964d56d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, abituriyent, otm, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
jamiyat, talabalar, abituriyent, otm, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Bu yilgi abituriyentlar sonining keskin kamayishi sababi nimada
Joriy yilda davlat ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan yarim millionga yaqin kamroq.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassalarida tahsil olish uchun yildan yilga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Bunga yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti
7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan berilishi, “temir daftar”ga kirgan yoshlarga alohida imtiyozlar belgilanishini misol qilib keltirish mumkin.
O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlariga 2021-2022 o‘quv yili uchun 950 mingga yaqin abituriyentlar
hujjat topshirgan. Bu 2020-yilga nisbatan 535 ming kishiga yoki 36,1 foizga kam. 2019-yilda esa 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Xo‘sh, oliygohga hujjat topshirayotganlar sonining kamayishi sababi nimada?
Sputnik muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovning bu boradagi fikrlarini so‘rab bildi
Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil hujjat topshirgan abituriyentlarning soni nega keskin kamayganining aniq bir sababini keltirish qiyin.
“Asosiylaridan biri sifatida men professional ta’limning joriy etilgani deb o‘ylayman. Birgina o‘tgan yilning o‘zida bitiruvchilarimizdan 200 ming nafaridan oshig‘i professional ta’limga qabul qilingan edi. Bu ham kichik ko‘rsatkich emas”, - deydi Xoliqov.
U yana bir asosiy sabablardan biri sifatida nodavlat oliy ta’lim, xorijiy oliy ta’lim muassalari filiallari soni ko‘payishi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Mavjudlarida esa qabul kvotalari soni oshirilgan.
“Ha, aytish mumkinki, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagidagi yoshlarimiz yildan yilga oshib bormoqda. Xohlaymizmi yo‘qmi, bu oliy ta’lim muassasalari xorijiy dasturlar asosida o‘qitiladi va bitiruvchilariga bozorda talab yuqori. Bugungi kunda oliy ta’limga kelayotgan har bir yosh kelajagini o‘ylab mehnat bo‘yicha qaysi bozorda kadrga talab yuqori bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishda hujjat topshirmoqda. Bu birinchi navbatda yoshlarimizni dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratayotganligini, hamda qayerda sifatli ta’lim olish mumkin ekanligi haqida fikr uyg‘onayotganligini anglatadi”, - deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i.
U xorijiy oliy ta’lim muassalari yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalarining barchasi mustaqil ekaniga e’tibor qaratdi. Ular dasturlarini tuzishda, mablag‘larini ishlatishda, moddiy texnik ba’zasini yaxshilashda, talabalarni rag‘batlantirishda, professor o‘qituvchilarning maoshlarini belgilashda ham ancha mustaqil.
“Shu sababli ijobiy o‘zgarishlar ko‘proq bo‘ladi. Bizning oliy ta’lim muassalarida ham bu narsaga endi e’tibor qaratilayapti. Tashkiliy, akademik boshqaruvda ham erkinlik berilayaptiki, bu o‘zining ijobiy natijasini beradi, albatta”, - deya ishonch bildirdi Xoliqov.
Uning fikricha, abituriyentlar sonining kamayishi bu juda katta yo‘qotish yoki salbiy holat deb baholash noto‘g‘ri.
“Har bir holatni yaxshi tomonini tahlil qilish kerak. Yoshlarimiz o‘z mablag‘larini, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganishmoqda deyish mumkin. Oliy ma’lumot oldi degani hayotda yaxshi yashab ketdi degan kafolatni bermaydi. Asosiysi, har kim faoliyat olib borayotgan sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lishi lozim”, - deya xulosa qildi Xoliqov.