Professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi – bu nima

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota v laboratorii po standartizatsii elektroniki
Rabota v laboratorii po standartizatsii elektroniki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi.
Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.
Dual ta’limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Ayrim OTMlarda “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.
Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayan ish o‘rni ajratiladi.
O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi qolgan kunlar ishlaydi.
O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0