"Tolibon"* AQShni afg‘on mojarosiga aralashmaslikka chaqirdi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADAVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni AQShning B-52 Stratofortress bombardimon samolyotlari Juzjon provinsiyasi poytaxti Shiberganda "Tolibon"* bo‘ylab aviazarbalar bergan.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati AQShni Afg‘onistonda ro‘y berayotgan ishlarga aralashishdan ogohlantirmoqda, deb bayonot qildi "Al-Jazira" telekanaliga harakat siyosiy ofisining rasmiy vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni AQShning B-52 Stratofortress bombardimonchilari Juzjon provinsiyasi poytaxti Shiberganda "Tolibon"* bo‘ylab aviazarbalar bergan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Afg‘on mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yo‘q qildi
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakili Favod Omonning so‘zlariga ko‘ra, buni oqibatida 200dan ziyod toliblar yo‘q qilingan, shuningdek, 100dan ortiq transport vositalari, katta miqdordagi qurol va qurol zaxiralari ham shu yerning o‘zida yo‘qotilgan.
Toliblar siyosiy ofisi vakilining so‘zlariga ko‘ra, "Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatish haqida hech qanday bitim mavjud emas". Uning aytishicha, Afg‘onistonda ro‘y berayotgan voqealarda "qator provinsiyalarda urush boshlagan" mamlakat hukumati aybdor. "Tolibon"* harakatlari esa, shunchaki harbiylar tomonidan bo‘layotgan "hujumlarga munosabatdir", deb ta’kidlaydi harakat vakili.
Sal avval, yakshanba kuni, toliblar Qunduz va Sari-Pul provinsiyalari ustidan nazorat o‘rnatganliklari haqida bayonot berib chiqqan edilar. Afg‘oniston hukumati esa bu ta’kidlarni rad etdi.
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir
Jangarilar shuningdek, mamlakat shimoli-sharqidagi Tohar provinsiyasining ma’muriy markazi Talukan shahrini egallab olishgani haqida ma’lum qildilar.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ancha yillardan buyon davom etib kelmoqda. So‘nggi oylarda toliblar qishloq va chegara oldi hududlarining kattagina qismini egallab, katta shaharlarga hujumga o‘tishni boshladi. Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi fonida ziddiyat yanada kuchaydi.
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Rossiya TIV amerika qo‘shinlari mamlakatdan chiqarilishini AQShning Afg‘onistondagi missiyasi mag‘lubiyatga yuz tutgani dalilidir, deya izohlagan edi.
2020 yilda Vashington va "Tolibon" vakillari Dohada 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi marta tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va asirlar almashuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi. Biroq, bu muzokaralar bir nechta "direktiv" uchrashuvlardan nariga o‘tgan emas.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0