https://oz.sputniknews.uz/20210808/fxx-maxfiy-hujjatlarni-ochiqladi-yaponiya-sssrni-biologik-qurol-bilan-yoq-qilmoqchi-bolgan-19994230.html
FXX maxfiy hujjatlarni ochiqladi: Yaponiya SSSRni biologik qurol bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan
FXX maxfiy hujjatlarni ochiqladi: Yaponiya SSSRni biologik qurol bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan
Sputnik O‘zbekiston
Sovet ittifoqiga hujum qilish uchun mamlakat besh yildan ortiq muddat tayyorgarlik ko‘rgan 08.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-08T14:48+0500
2021-08-08T14:48+0500
2021-08-08T14:48+0500
dunyoda
sssr
yaponiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1238/67/12386791_0:191:2963:1858_1920x0_80_0_0_1f01dd563f5edc68ca7bd8b4588e7947.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rgani haqidagi dalillarni ochiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Ma’lumki, mamlakat 1938-yildan Sovet Ittifoqiga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rgan. Kvantung armiyasining oxirgi bosh qo‘mondoni Otodzo Yamadaning so‘zlariga ko‘ra, u Xassan ko‘li yaqinidagi sovet-yapon mojarosi paytida SSSR bilan harbiy harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda armiyani jangovar tayyorgarlikka keltirish to‘g‘risida buyruq bergan.Ekspertlarning ta’kidlashicha, yapon harbiylari "razvedkani jang bilan" olib borishgan, Qizil Armiya qo‘shinlarining holati va ularning mudofaasining ishonchliligini baholashgan. O‘shanda kki haftalik kurash SSSR g‘alabasi bilan yakunlangan."Kvantung armiyasi qo‘shinlari, Sovet Ittifoqiga qarshi urushga tayyorlikni kuchaytirish maqsadida, kuchlarning bir qismi sharqiy chegara hududida to‘plash uchun oldinga harakatlanadi", - deyiladi maxfiylikdan chiqarilgan №70 buyruq matnida.SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik vaqtida Yaponiya hukumati bakteriologik quroldan foydalanmoqchi bo‘lgan. Ular bu qarama -qarshilikda hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb umid qilishgan.Ammo 1945-yilda Sovet ittifoqi Tokio rejalari, hamda uning Berlin bilan aloqalaridan xabar topib, urush e’lon qilgan. Uzoq sharq kampaniyasi vaqtida SSSR Kvantung armiyasini tor-mor etgan: Yaponiya taslim bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210622/ikkinchi-jahon-urushining-afsona-va-asotirlari-19346676.html
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1238/67/12386791_116:0:2847:2048_1920x0_80_0_0_bb903fc081e18db2aa0cd22035504933.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, sssr, yaponiya
FXX maxfiy hujjatlarni ochiqladi: Yaponiya SSSRni biologik qurol bilan yo‘q qilmoqchi bo‘lgan
Sovet ittifoqiga hujum qilish uchun mamlakat besh yildan ortiq muddat tayyorgarlik ko‘rgan
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rgani haqidagi dalillarni ochiqladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar bermoqda.
Ma’lumki, mamlakat 1938-yildan Sovet Ittifoqiga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rgan. Kvantung armiyasining oxirgi bosh qo‘mondoni Otodzo Yamadaning so‘zlariga ko‘ra, u Xassan ko‘li yaqinidagi sovet-yapon mojarosi paytida SSSR bilan harbiy harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda armiyani jangovar tayyorgarlikka keltirish to‘g‘risida buyruq bergan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, yapon harbiylari "razvedkani jang bilan" olib borishgan, Qizil Armiya qo‘shinlarining holati va ularning mudofaasining ishonchliligini baholashgan. O‘shanda kki haftalik kurash SSSR g‘alabasi bilan yakunlangan.
"Kvantung armiyasi qo‘shinlari, Sovet Ittifoqiga qarshi urushga tayyorlikni kuchaytirish maqsadida, kuchlarning bir qismi sharqiy chegara hududida to‘plash uchun oldinga harakatlanadi", - deyiladi maxfiylikdan chiqarilgan №70 buyruq matnida.
SSSRga qarshi urushga tayyorgarlik vaqtida Yaponiya hukumati bakteriologik quroldan foydalanmoqchi bo‘lgan. Ular bu qarama -qarshilikda hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb umid qilishgan.
Ammo 1945-yilda Sovet ittifoqi Tokio rejalari, hamda uning Berlin bilan aloqalaridan xabar topib, urush e’lon qilgan. Uzoq sharq kampaniyasi vaqtida SSSR Kvantung armiyasini tor-mor etgan: Yaponiya taslim bo‘lgan.