https://oz.sputniknews.uz/20210808/buxoroda-qarzni-undirishga-kelgan-mib-xodimi-korxona-rahbari-tomonidan-kaltaklandi-19990608.html
Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi
Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi
Sputnik O‘zbekiston
Qarzdorning soliqdan 28 million 409 ming so‘m qarzi bo‘lgan 08.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-08T08:44+0500
2021-08-08T08:44+0500
2021-08-08T08:44+0500
jamiyat
majburiy ijro burosi (mib)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/55/11115536_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_20afbe7844a30f47f0f44202329a9a8e.jpg
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoroda Majburiy ijro burosi xodimi qarzdor fuqaro tomonidan kaltaklandi, deb xabar beradi "Xalq so‘zi" nashri.Xabarda aytilishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Ya. Holiqov va U. Ergashevlar qarzdor “Trans Atlas” MChJdan 28 million 409 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi G‘ijduvon tuman Davlat soliq inspeksiyasining ijro hujjati yuzasidan 2021-yil 10-martda chiqarilgan qaror bilan tanishtirish, shuningdek qarorga asosan qarzdorning mol-mulklarini ko‘zdan kechirib, xatlash ijro harakatlarini o‘tkazish maqsadida MChJ rahbari S.Aslonovning yashash manziliga borishganida qarzdor Ya.Holiqovni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining hukmiga ko‘ra S.Aslonov aybdor deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20201002/Namanganda-MIB-khodimlariga-norozilik-bildirib-ziga-t-ygan-al-vafot-etdi-15099285.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1111/55/11115536_28:0:2759:2048_1920x0_80_0_0_2154d4d7e1af8bc600a1f6647371c7f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, majburiy ijro burosi (mib)
jamiyat, majburiy ijro burosi (mib)
Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi
Qarzdorning soliqdan 28 million 409 ming so‘m qarzi bo‘lgan
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoroda Majburiy ijro burosi xodimi qarzdor fuqaro tomonidan kaltaklandi, deb
xabar beradi "Xalq so‘zi" nashri.
Xabarda aytilishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Ya. Holiqov va U. Ergashevlar qarzdor “Trans Atlas” MChJdan 28 million 409 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi G‘ijduvon tuman Davlat soliq inspeksiyasining ijro hujjati yuzasidan 2021-yil 10-martda chiqarilgan qaror bilan tanishtirish, shuningdek qarorga asosan qarzdorning mol-mulklarini ko‘zdan kechirib, xatlash ijro harakatlarini o‘tkazish maqsadida MChJ rahbari S.Aslonovning yashash manziliga borishganida qarzdor Ya.Holiqovni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining hukmiga ko‘ra S.Aslonov aybdor deb topilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.