https://oz.sputniknews.uz/20210805/xitoy-vaktsinasi-nega-uch-marta-qoyiladi---shifokor-izohi-19962665.html
Xitoy vaksinasi nega uch marta qo‘yiladi - shifokor izohi
Xitoy vaksinasi nega uch marta qo‘yiladi - shifokor izohi
Sputnik O‘zbekiston
"Sputnika V"ning ishlash prinsipi o‘zbek-xitoy vaksinasidan qanday farq qiladi va nega xitoy vaksinasini uch marta qo‘yiladi, degan savolga yuqumli kasalliklar... 05.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-05T15:24+0500
2021-08-05T15:24+0500
2021-08-05T15:24+0500
video
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19960661_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_81e873c042c344182420735075915e69.jpg
Toshkentda avgust oyidan boshlab COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi shunga kelishdi.Yangi vaksina Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi singari ikki marta emas, balki uch marta inyeksiya tariqasida kiritiladi.Gap shundaki, "Sputnik" — vektorli vaksina bo‘lib, u organizmdagi immun javob jarayonini to‘liq imitatsiya qiladi.Yangi vaksinada esa o‘ziga xos oqsillar inson organizmining o‘zida emas, balki maxsus muhitda ishlab chiqariladi, va so‘ngra, insonga kiritiladi.Inyeksiya kiritilgan joyda, ushbu oqsillar o‘rab olinib, parchalanadi, bizning T-hujayralarimiz ular bilan tanishadi, shundan so‘ng virusga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi."Va mana shu yerda, jarayon to‘laligicha immun javobni imitatsiya qilmagani uchun, organizmni doimiy mashq qildirish uchun bir nechta inyeksiya qilinishiga to‘g‘ri keladi, - deya tushuntiradi Yevgeniy Timakov. - Ya’ni, biz bir marta inyeksiya qildik, u tanishdi, sinab ko‘rdi - va mazalidek tuyuldi. Ikkinchi marta kiritamiz, u allaqachon bu begona narsa ekanligini tushunadi, antitanachalar hosil bo‘lishni boshlaydi, ammo ular miqdori haqiqiy virusni o‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shunda uchinchi marta vaksina kiritiladi, bu virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar ushbu virusni o‘ldiradigan darajada bo‘lishi uchun amalga oshiriladi".Bundan tashqari, vaksina komponentlarini kiritish oralig‘ida, xuddi "Sputnik"dagi kabi, bo‘shashmaslik va himoya vositalaridan voz kechmaslik kerak, chunki infeksiyani yuqtirib olish xavfi oxirgi inyeksiyani olgunga qadar ham saqlanib qoladi, deya ta’kidladi shifokor.Mutaxassisning to‘liq izohini videomizda tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20210720/ozbek-xitoy-vaktsinasi-otabekov-internetda-tarqalgan-mish-mishlarga-munosabat-bildirdi-19758444.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19960661_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_916b491298ff59fd7d861fc384653ae6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, covid-19 umumjahon pandemiyasi
video, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Xitoy vaksinasi nega uch marta qo‘yiladi - shifokor izohi
"Sputnika V"ning ishlash prinsipi o‘zbek-xitoy vaksinasidan qanday farq qiladi va nega xitoy vaksinasini uch marta qo‘yiladi, degan savolga yuqumli kasalliklar shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Timakov javob berdi.
Toshkentda avgust oyidan boshlab COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi shunga kelishdi.
Yangi vaksina Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi singari ikki marta emas, balki uch marta inyeksiya tariqasida kiritiladi.
Gap shundaki, "Sputnik" — vektorli vaksina bo‘lib, u organizmdagi immun javob jarayonini to‘liq imitatsiya qiladi.
Yangi vaksinada esa o‘ziga xos oqsillar inson organizmining o‘zida emas, balki maxsus muhitda ishlab chiqariladi, va so‘ngra, insonga kiritiladi.
Inyeksiya kiritilgan joyda, ushbu oqsillar o‘rab olinib, parchalanadi, bizning T-hujayralarimiz ular bilan tanishadi, shundan so‘ng virusga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi.
"Va mana shu yerda, jarayon to‘laligicha immun javobni imitatsiya qilmagani uchun, organizmni doimiy mashq qildirish uchun bir nechta inyeksiya qilinishiga to‘g‘ri keladi, - deya tushuntiradi Yevgeniy Timakov. - Ya’ni, biz bir marta inyeksiya qildik, u tanishdi, sinab ko‘rdi - va mazalidek tuyuldi. Ikkinchi marta kiritamiz, u allaqachon bu begona narsa ekanligini tushunadi, antitanachalar hosil bo‘lishni boshlaydi, ammo ular miqdori haqiqiy virusni o‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shunda uchinchi marta vaksina kiritiladi, bu virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar ushbu virusni o‘ldiradigan darajada bo‘lishi uchun amalga oshiriladi".
Bundan tashqari, vaksina komponentlarini kiritish oralig‘ida, xuddi "Sputnik"dagi kabi, bo‘shashmaslik va himoya vositalaridan voz kechmaslik kerak, chunki infeksiyani yuqtirib olish xavfi oxirgi inyeksiyani olgunga qadar ham saqlanib qoladi, deya ta’kidladi shifokor.
Mutaxassisning to‘liq izohini videomizda tomosha qiling.