Samarada pasporti olib qo‘yilgan va maoshi berilmagan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii V Samare okazana pomosh migrantam iz Uzbekistana, u kotorix bili otobrani pasporta i ne vidani zarplati
V Samare okazana pomosh migrantam iz Uzbekistana, u kotorix bili otobrani pasporta i ne vidani zarplati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Obuna bo‘lish
Ish beruvchi oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligini ham bermagan.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyatida majburiy mehnatga jalb qilingan bir guruh o‘zbekistonliklarning muammosi hal qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning may oyida og‘zaki kelishuv asosida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyatidagi issiqxonada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan.
Ish beruvchi ularning pasportlarini olib, patent rasmiylashtirgan. Ammo hujjatlarini qaytarib bermagan. Shuningdek, oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligi berilmagan.
Fuqarolar Agentligining Samara viloyatidagi vakolatxonasiga videomurojaat orqali pasportlarini olib berib, majburiy mehnatdan ozod qilishlarini so‘ragan.
Vakolatxona xodimlari Samara viloyati Kinel shahri ichki ishlar boshqarmasiga o‘zbekistonliklarni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam so‘rab, ariza yozgan.
Natijada muammo o‘rganilgan va qisqa muddatda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda ularning ish joylariga borib, muammolari hal etilgan.
Predstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2019
Pasporti olib qo‘yilgan va ish haqi to‘lanmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi – TIV
Yangiliklar lentasi
0