Pasporti olib qo‘yilgan va ish haqi to‘lanmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi – TIV

© Abuaziz XafizovPredstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov
Predstaviteli Mintruda RUz pobivali v Sankt-Peterburge dlya oznakomleniya s jiznyu migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda xizmat safari chog‘ida boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlangani qo‘shimcha qilingan. Shu munosabat bilan bosh konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga tekshiruv tadbirlarini olib borishni so‘rab murojaat qilmoqchi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. 2019-yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga binoan mamlakatning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi Astraxan viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 20 nafar xorazmliklarning pasporti olib qo‘yildi

TIV xabariga ko‘ra, Astraxan viloyati “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyati jamoat tashkiloti binosida turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 67 nafar fuqaroga konsultatsiya berilgan. Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish uchun 34 nafar fuqarolardan ariza, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirish uchun 20 ta hujjat qabul qilingan. Shuningdek, 16 nafar o‘zbekistonliklarga turli masalalar bo‘yicha yordam berildi.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vakili Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazida ham bo‘lgan. U yerdagi yashash tartibini buzgan va tegishli ruxsatnomasisiz mehnat faoliyatini amalga oshirgan 50 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 11 tasiga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikati topshirilgan.

“Konsul Xujabaxlil Asamov o‘zbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar O‘zbekiston fuqarolarning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani va ish haqi to‘lanmagani to‘g‘risida ma’lumot olib Xarabali tumaniga bordi. Ko‘rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarildi, ish haqi to‘landi, hamurtlarimiz esa vatanga yuborildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda xizmat safari chog‘ida boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlangani qo‘shimcha qilingan. Shu munosabat bilan bosh konsulxona Astraxan viloyatining tegishli organlariga tekshiruv tadbirlarini olib borishni so‘rab murojaat qilmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0