Rossiya jangovar robotlari insonlar dunyosini yaxshilamoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishBoyevaya avtomatizirovannaya sistema "Soratnik"
Boyevaya avtomatizirovannaya sistema Soratnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Jangovar sharoitda mustaqil ishlashga qodir, sun’iy intellektga ega robotlar - Rossiya armiyasining bugungi kunidir.
Jangovar sharoitda mustaqil ishlashga qodir, sun’iy intellektga ega robotlar - Rossiya armiyasining bugunidir. Robotlashtirilgan qurol majmualari qo‘shinlar safiga tobora faol joriy etilmoqda, ular nafaqat mashg‘ulotlar, balki jangovar foydalanishning barcha muhitida qo‘llaniladi.
Jeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SShA Dj. Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Rossiyaning maxfiy quroli Yevropa markazida AQShga zarba berdi
G‘arbiy harbiy okrug (G‘HO)da muhandislik qo‘shinlarining robotlashtirilgan texnikalardan foydalangan holda o‘tkazilgan uch kunlik keng ko‘lamli manyovrlari 30-iyul kuni yakunlandi. Mashqlar Rossiya Federatsiyasining 6 ta subyekti, 12 ta poligoni va Oka darosining bir qismini qamrab oldi. Mashg‘ulotlarga sakkiz mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 1500 ga yaqin texnika, jumladan, "Uran-6" minalardan tozalash robototexnika majmualari va "Uran-14" yong‘inga qarshi tizimlari jalb qilindi.
G‘HO mashqlari epizodlaridan birida, Nijniy Novgorod viloyatidagi Mulino poligonida muhandislik bo‘linmalari Havo-desant qo‘shinlari bilan birgalikda "Uran" seriyali robotlar yordamida zich shaharlarda hujum harakatlari ustida ishlashdi. Bunda bo‘linmalar Suriyada orttirilgan jangovar tajribadan foydalanishdi.
Sindirish va qurish - muhandislik qo‘shinlarining o‘ziga xos xususiyatlariga kiradi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasida o‘nlab avtonom zarba robotlaridan iborat birinchi bo‘linmalar yaratilmoqda. Ularning jangovar foydalanish taktikasi faqat poligonlardagina mashq qilinayotgani yo‘q.
Ispitanie drona-taksi v pomeshenii Maloy sportivnoy areni olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Rossiya 2022-yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zo‘r namunalar
Ilgariroq Rossiyaning "Soratnik" jangovar roboti tomonidan suriyalik terrorchilarning yo‘q qilinishi tasvirlangan video e’lon qilingan edi. Yetti tonnalik zirhli mashina SAR hududida RF Qurolli Kuchlariga qarashli Maxsus Operatsiya kuchlarini qo‘llab-quvvatladi - u kunduzi va kechasi alohida jangarilar va "jihodchilar" mashinalariga aniq zarba berdi.
Shuningdek, sal avval Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda mustaqil jang qila oladigan sun’iy intellektli jangovar robotlarning seriyali ishlab chiqarilishi boshlangani haqida xabar bergan edi. "Shunchaki sinov namunalari emas, balki haqiqatda fantastik filmlarda ko‘rsatish mumkin bo‘lgan robotlar paydo bo‘ldi", - degan edi Shoygu.
Qo‘shinlarni bunday mashinalar bilan jihozlash - ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi. RF Mudofaa vazirligida jangovar robotlarni joriy etish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan boshqarma tashkil etilgan. Rossiyada sun’iy intellektning rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda va bu davr talabidir. Qo‘shinlarning barcha turdagi va toifadagi eng yangi qurollarida avtomatlashtirilgan tizimlarning ahamiyati shiddat bilan o‘sib bormoqda.

Kelajakka shahd bilan

Havo-kosmik kuchlar, Harbiy-dengiz floti va Quruqlikdagi qo‘shinlar uchun jangovar robotlar ishlab chiqaradigan Rossiyaning bir qancha mudofaa korxonalari tomonidan uzoq kelajakdagi qurolli mojarolardagi g‘alabalar bugundanoq ta’minlanmoqda. Keling, eng mashhur namunalarni ko‘rib chiqamiz.
Yuqorida nomi tilga olingan "Soratnik" birinchi marta "Armiya-2016" xalqaro harbiy-texnika forumida "ko‘rinish bergan" edi. U qo‘shinlarni o‘t ochish borasida qo‘llab-quvvatlash, razvedka, hududlarni patrul qilish va obyektlar muhofazasi, minalardan tozalash va chegaralash, retranslyatsiya, o‘q -dorilar va yoqilg‘i yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni cho‘chitib yubordi
Robot qudratli qurollar: 40 mm yoki 30 mm granatomotlar, 12,7 mm yoki 7,62 mm pulemotlar, tanklarga qarshi boshqariladigan to‘rtta raketa yoki "Shmel" reaktiv ognemotlarini tashiydi. "Soratnik" ayniqsa, turli maxsus operatsiyalar vaqtida istehkomlarni shturm qilishda samarali va foydalidir. Zarurat tug‘ilganida, ikkita "Soratnik" jang maydonida o‘zaro ma’lumot almashishi mumkin. Ushbu jangovar avtomatlashtirilgan tizim har qanday iqlim sharoitida kechayu-kunduz harakatlanishga qodir. Tezligi - soatiga 40 km gacha, bir marta yoqilg‘i quyilganda yurish zaxirasi - 400 km.
"Uran-6" gusenitsali zarba droni ham jangovar vaziyatda sinalgan. Moskvada 2018-yilda o‘tkazilgan G‘alaba paradida ilk marotaba keng jamoatchilikka taqdim qilingan. Razvedka olib borish, qo‘shinlarni o‘t ochish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va dushmanning jangovar texnikasini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Haybatli 12 tonnalik zirhli mashina boshqariladigan "Ataka" qurol majmuasi: tanklarga qarshi raketalar, "Shmel" reaktiv ognemotlari, 30 mm avtomatik pushka, 7,62 mmli avtomatni o‘zida tashiydi. Mashina stels-himoyaga, lazerli nurlanishdan ogohlantirish tizimi va boshqa noyob xususiyatlarga ega. G‘arbda bunga o‘xshashi mavjud emas, The National Interest ixtisoslashtirilgan jurnali Rossiya texnologiyalarining mutlaq ustunligini tan oldi.
Otkritie mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Bunaqasi Rossiyada hali bo‘lmagan: mudofaa qanday tank ustida ishlamoqda
Agar to‘liq formatli tanklar haqida gapiradigan bo‘lsak, "Uralvagonzavod" - T-72B3 negizida robotlashtirilgan dronlarning ikkita modifikatsiyasi ustida ishlamoqda, "Rostex" davlat korporatsiyasi esa sun’iy intellektga ega T-14 "Armata"ning robot versiyasini yaratdi (o‘t ochish qarori inson tomonidan qabul qilinadi). Birinchi holatda gap mavjud "boshqariladigan" T-72 ("Shturm" loyihasi) modernizatsiyasi haqida bormoqda. Robotlashtirilgan tanklar maksimal darajada avtonom va himoyalangan (radioelektron kurash vositalari shular jumlasidan), qo‘mondonlik bilan aloqa kanallari shifrlangan.
"Armata" gusenitsali platformasidagi boshqaruvchisiz T-14 tanki iyul oyida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Mutaxassislar to‘liq robotlashtirilgan asosiy jangovar tanklarning yaratilishini Rossiya mudofaa sanoati uchun haqiqiy yutuq deb atashmoqda. Mashina hamma ishni deyarli o‘zi bajaradi, inson faqat mashina tomonidan zarba berish uchun tanlangan nishonni tasdiqlashi kerak, xolos. Ehtimol, asosiy jangovar tankning sun’iy intellektga ega bo‘lgan eksport modifikatsiyasi ham yaratiladi.
Voyennie ucheniya v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
“Haqiqiy maxluq”: National Interest Rossiyaning T-90M tankini baholadi
Suriyada tank bo‘linmalaridan foydalanish tajribasi bir vaqtning o‘zida bir nechta: yengil, o‘rta va og‘ir turdagi robot tizimlarining jang maydonida hozir bo‘lish zaruratini dalilladi. Robotlashtirilgan tanklar bir-birlarini olov bilan himoya qilishi, tarmoq ichida bir-biri bilan barqaror hamkorlik qilishi va ma’lumot almashishi kerak. Ko‘p funksiyali robotlar bo‘linmalari 2025-yilga kelib Rossiya qo‘shinlarida paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan, Rossiya tez orada raketa qurollariga ega bo‘lgan tanklarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatini sinovdan o‘tkazadi.
Yadroviy dvigatelga ega "Poseydon" suv osti tizimi esa hech bir mubolag‘asiz aytish mumkin-ki, istalgan nishon va umuman olganda tajovuzkor-mamlakatning yo‘q qilinishini kafolatlaydi. Amaldagi davlat qurollanish dasturi bo‘yicha (2027 yilgacha) Rossiya har birining bortida oltitagacha "Qiyomat kuni torpedalari" mavjud bo‘ladigan uchta submarinalarni quradi.

Avtomatlashtirish ahamiyati

Jangovar robotlar inson hayotini saqlab qolish imkonini beradi, ular to‘g‘ri qarorlarni tezlikda qabul qilish va jangovar foydalanishning barcha muhitida - quruqlikda, havoda va dengizda dushman ustidan "son emas, mahorat evaziga" erishiladigan g‘alabani ta’minlashga qodir.
Robototexnika majmualarini rivojlantirish va jangovar qo‘llash konsepsiyasiga ko‘ra, 2025-yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya armiyasining qurol -yarog‘ va harbiy texnikasi umumiy tarkibidagi robotlarning ulushi 30%ga yetadi. Bu tizimlarning muhim qismi to‘laligicha avtonom bo‘lib, sun’iy intellekt boshqaruvi yordamida ishlaydi.
Rossiyalik dasturchilar, konstruktorlar va muhandislar jangovar robotlarning to‘liq avtonomlashtirilishiga erishish, ya’ni jang maydonidan ma’lumot olish tizimini yakunlash va avtonom qaror qabul qilishning murakkab apparatini nihoyasiga yetkazishlariga juda oz qolmoqda.
Robotlashtirishning yakuniy bosqichi - qo‘shinlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidir. Yuqori texnologiyali qurol-yarog‘lar sohasida Rossiya yetakchilik qilmoqda, biroq "sheriklar" uni quvib yetish va hatto ortda qoldirish uchun milliardlab dollarlarni ayashmayapti. Yaqin o‘n yil ichida Pentagon faqatgina kelajak kiberurushlariga tayyorgarlikka 2,4 milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.
Ispitanie drona-taksi v pomeshenii Maloy sportivnoy areni olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Rossiya 2022-yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zo‘r namunalar
AQSh qurol-aslahalarning axborot kommunikatsiya imkoniyatlarini rivojlantirish, ularni yagona tarmoqqa birlashtirishga asosiy e’tibor qaratishni maqsad qilgan va qurolli kuchlar hamda zamonaviy harbiy texnologiyalar qo‘llash vositalarini qat’iyat bilan yangilamoqda.
Pentagon uchun su’iy intellekt istiqbolli tizimlarini ishlab chiqish bilan DARPA agentligi shug‘ullanib keladi. Agentlik har yili avtonom robotlarning o‘zaro "bellashuvini" o‘tkazib keladi (2015 yildan boshlab - yopiq tarzda).
Bunday mashinalarning jang maydonidagi vazifasi - dushmanni yuqori texnologiyali yo‘q qilishdir. Tinchliksevar Rossiya 2030-yilgacha NATO uchun asosiy harbiy tahdid sifatida tan olingan, u "sheriklarni" yuqori texnologiyali, samarador va tushunarli vositalar bilan "tiyib" turishga majbur bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0