“Pora berishga majbur bo‘ldim”: endi maxsus dasturiy ta’minotga shikoyat qilish mumkin

Obuna bo‘lish
eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni yo‘llash mumkin.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi.
eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:
“Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim”;
“Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim”;
“Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim”;
“Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim” kabi mavzularda yuborish mumkin.
Agentlik eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi. O‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Shuningdek, dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Bunda tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0