Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani haqidagi xabar tekshirilmoqda

Malchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq Quvada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quva tumani IIB 2-avgust kuni 11 yoshli o‘g‘il bolaning amakasi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani haqidagi xabar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi. Avvalroq bola va uning onasi bu haqda bloger Aqida Xanumga so‘zlab berishgan edi.
Bildirilishicha, voyaga yetmagan 11 yoshli bola 1973-yilda tug‘ilgan amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingan.
Jenshina derjit za ruku rebenka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2020
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zo‘rlandi
O‘g‘lining zo‘rlangani haqida bilgan ayol turmush o‘rtog‘iga: “Akangiz buni qilgan ekan, nahotki eshitmadingiz?” — deb so‘ragan. U: “Ha, eshitdim, men nima qila olardim? Akam bo‘lsa. Uni so‘yib tashlay olmayman-ku”, — deya javob bergan.
Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xabarda ko‘rsatilgan holat haqida muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi oraganlarga murojaat kelib tushmagan. Shu sababli joriy yilning 2-avgust kunidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi boshlangan.
Tekshirish ustidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0