https://oz.sputniknews.uz/20210802/ozbekiston-elchixonasi-380-ming-fuqarolariga-rossiyadan-chiqib-ketishda-yordam-berdi-19914876.html
O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi
O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni damda 1,6 million O‘zbekiston fuqarolari chet ellarda mehnat qilishmoqda, ulardan 1,1 millioni - Rossiyada. 02.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-02T13:55+0500
2021-08-02T13:55+0500
2021-08-02T13:55+0500
jamiyat
elchixona
migratsiya
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/13/17848968_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_97cbec37d33b32635bb56e424730db91.jpg
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Pandemiya vaqtida O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi. Bu haqida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi kotibi Zokir Zaitov ma’lum qildi.Undan tashqari O‘zbekistonning aksariyat fuqarolari Rossiyadan mustaqil ravishda yoki charter parvozlar orqali chiqib ketgan.Elchixona xabar qilishiga ko‘ra, migratsiya eng rivojlangan, kovidgacha bo‘lgan vaqtlarda Rossiyada 1,5 – 2 milliongacha O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Hozir esa – bir milliondan ortiq fuqarolar Rossiyada yashamoqda. Aniq raqamlar ma’lum emas.Eslatib o‘tamiz, 2021-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirib kelish ancha mushkullashdi. Birinchidan bunga Rossiyaning mehnat munosabatlari sohasida qonunchiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan parvozlar qimmatligi va soni kamligi sabab bo‘lmoqda.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiyaga 29 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda mehnat qilishga kelgan.Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda 1,6 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari (ijtimoiy faol aholining 20%) chet ellarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 1,1 millionga yaqini Rossiya Federatsiyasida.
https://oz.sputniknews.uz/20200601/Meni-tezro-uyga-zhnating-Pandemiya-elchikhona-va-fuarolar-14264179.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/13/17848968_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_658f6cb2e540cd8ba98cea8e46c67655.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, elchixona, migratsiya, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, elchixona, migratsiya, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi
Ayni damda 1,6 million O‘zbekiston fuqarolari chet ellarda mehnat qilishmoqda, ulardan 1,1 millioni - Rossiyada.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Pandemiya vaqtida O‘zbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi. Bu haqida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi kotibi Zokir Zaitov ma’lum qildi.
“Pandemiya vaqtida elchixona va konsulxona taxminan 380 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi”, - dedi Zaitov jurnalistlarga.
Undan tashqari O‘zbekistonning aksariyat fuqarolari Rossiyadan mustaqil ravishda yoki charter parvozlar orqali chiqib ketgan.
Elchixona xabar qilishiga ko‘ra, migratsiya eng rivojlangan, kovidgacha bo‘lgan vaqtlarda Rossiyada 1,5 – 2 milliongacha O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Hozir esa – bir milliondan ortiq fuqarolar Rossiyada yashamoqda. Aniq raqamlar ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirib kelish ancha mushkullashdi. Birinchidan bunga Rossiyaning mehnat munosabatlari sohasida qonunchiligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan parvozlar qimmatligi va soni kamligi sabab bo‘lmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiyaga 29 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda mehnat qilishga kelgan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda 1,6 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari (ijtimoiy faol aholining 20%) chet ellarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 1,1 millionga yaqini Rossiya Federatsiyasida.