https://oz.sputniknews.uz/20210731/uzumchilik-va-vinochilik-klasterlari-tashkil-etiladi-19896721.html
Uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi
Uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. 31.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-31T13:29+0500
2021-07-31T13:29+0500
2021-07-31T13:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
uzum
klaster
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/759/04/7590487_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_798feb9d3593559e2f5f336cb0d92ccc.jpg
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.Ixtisoslashgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (shu jumladan 2021-yilda 50 ming gektar) uzumzorlar barpo etilib, ularni iste’molchiga yetkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.2021 yil 1-avgustdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida 30-yil muddatga ijaraga beriladi.Ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 – 30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.2021 yil 1-sentabrdan:- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi;- aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etiladi;- uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning to‘liq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi.2022 yildan har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yo‘nalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda o‘tkaziladigan respublika ko‘rik tanlovi ta’sis etiladi.2022 yil 1-yanvardan mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va ko‘piklanadigan vinoning 1 daliga aksiz solig‘i 1 so‘m etib belgilanadi.Shuningdek, 2021-yil yakunigacha Jizzax davlat universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-xom-ashyodan-tayyor-mahsulotgacha-sanoat-klasteri-yaratiladi--prezident-19870256.html
https://oz.sputniknews.uz/20210511/monopoliyaga-qarshi-kurashish-qomitasi-34ta-klasterga-yog-narxi-oshishi-yuzasidan-ish-qozgatdi-18664294.html
https://oz.sputniknews.uz/20200507/Kartoshkachilik-klasterlari-va-kooperatsiyalari-tashkil-etiladi-14070780.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/759/04/7590487_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d085e5bec044050839a020f3016d79a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, uzum, klaster
jamiyat, o‘zbekiston, uzum, klaster
Uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Ixtisoslashgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (shu jumladan 2021-yilda 50 ming gektar) uzumzorlar barpo etilib, ularni iste’molchiga yetkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.
2021 yil 1-avgustdan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida 30-yil muddatga ijaraga beriladi.
Ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 – 30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi;
- aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etiladi;
- uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning to‘liq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi.
2022 yildan har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yo‘nalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda o‘tkaziladigan respublika ko‘rik tanlovi ta’sis etiladi.
2022 yil 1-yanvardan mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va ko‘piklanadigan vinoning 1 daliga aksiz solig‘i 1 so‘m etib belgilanadi.
Shuningdek, 2021-yil yakunigacha Jizzax davlat universiteti hamda Farg‘ona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etiladi.