https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-xom-ashyodan-tayyor-mahsulotgacha-sanoat-klasteri-yaratiladi--prezident-19870256.html
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliqda mis sanoatiga turdosh tarmoqlar - elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoati klasteri yaratiladi. 29.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-29T12:56+0500
2021-07-29T12:56+0500
2021-07-29T18:28+0500
iqtisod
oltin koni
mis
klaster
olmaliq kmk
olmaliq mis boyitish fabrikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875868_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_8341f6cda90f93f5cc17ae991ba20a53.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Olmaliqda qurilishi boshlanayotgan yangi mis boyitish fabrikasining ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu konda qazib olinayotgan mis rudasini tayyor mahsulotga aylantirish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.Ushbu yo‘nalishda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, ya’ni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoatining integratsiyalashuvi, xususiy sektor bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi”, - dedi prezident.Shavkat MIrziyoyev aytishiga ko‘ra, ushbu maqsadda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari tashkil etiladi, yetakchi xorijiy kompaniyalar, jalb etiladi va eng asosiysi - mahalliy kadrlar tayyorlanadi.Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mis ishlab chiqarishda bitta ish o‘rnini tashkil etish boshqa tarmoqlarda eng kamida uchtadan ish o‘rnini yaratishga olib keladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.Bu borada rossiyalik rossiyalik hamkorlar bilan Olmaliq shahrida "MISiS" (Moskva pulat va qotishmalar instituti), MDU bilan hamkorlikda Geologiya universiteti tashkil etiladi.Undan tashqari Italiyaning Piza universiteti bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.“Bir so‘z bilan aytganda, sanoat klasterlarining tashkil etilishi ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmini kamida 12 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi", - deb so‘zini yakunladi prezident.
https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-dunyodagi-eng-yirik-oltin-va-mi-zahiralari-joylashgan---prezident-19869644.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875868_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f7f7befa0717ab1c92380caffde3ea8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, oltin koni, mis, klaster, olmaliq kmk, olmaliq mis boyitish fabrikasi
iqtisod, oltin koni, mis, klaster, olmaliq kmk, olmaliq mis boyitish fabrikasi
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident
12:56 29.07.2021 (yangilandi: 18:28 29.07.2021) Olmaliqda mis sanoatiga turdosh tarmoqlar - elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoati klasteri yaratiladi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Olmaliqda qurilishi boshlanayotgan yangi mis boyitish fabrikasining ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu konda qazib olinayotgan mis rudasini tayyor mahsulotga aylantirish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Rangli metallarni qayta ishlash zanjirlarini “xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida rivojlantirishimiz zarur.
Ushbu yo‘nalishda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, ya’ni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoatining integratsiyalashuvi, xususiy sektor bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi”, - dedi prezident.
Shavkat MIrziyoyev aytishiga ko‘ra, ushbu maqsadda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari tashkil etiladi, yetakchi xorijiy kompaniyalar, jalb etiladi va eng asosiysi - mahalliy kadrlar tayyorlanadi.
“Barcha darajadagi kadrlar – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, mashinistlar va boshqa texnik xodimlarni tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog‘langan, yagona tizimni yaratishimiz lozim.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mis ishlab chiqarishda bitta ish o‘rnini tashkil etish boshqa tarmoqlarda eng kamida uchtadan ish o‘rnini yaratishga olib keladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu borada rossiyalik rossiyalik hamkorlar bilan Olmaliq shahrida "MISiS" (Moskva pulat va qotishmalar instituti), MDU bilan hamkorlikda Geologiya universiteti tashkil etiladi.
Undan tashqari Italiyaning Piza universiteti bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
“Bir so‘z bilan aytganda, sanoat klasterlarining tashkil etilishi ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmini kamida 12 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi", - deb so‘zini yakunladi prezident.