O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasining ilk partiyasi ishlab chiqarildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy sotrudnik derjit v ruke ampulu s rossiyskim preparatom "Gam-Kovid-Vak" ("Sputnik V")
Meditsinskiy sotrudnik derjit v ruke ampulu s rossiyskim preparatom Gam-Kovid-Vak (Sputnik V)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2021
Obuna bo‘lish
Respublikada “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyalari ishlab chiqarildi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Jurabek Laboratories kompaniyasida “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyalari ishlab chiqarildi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan -to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) xabar qildi.
"RFPI va O‘zbekistondagi yetakchi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri Jurabek Laboratories koronavirusiga qarshi Rossiya “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyalarini ishlab chiqarilganligini e’lon qildi. RFPI vaksinani O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish uchun texnologik transfer jarayonini tashkil qildi", - deyilgan xabarda.
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdenie Yoshlik-1 Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2021
Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi - prezident
Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish uchun Gamaleya markaziga yuborildi.
"Nazoratning ijobiy natijalari tijorat partiyalarini chiqarishni boshlashga imkon beradi", - deb qo‘shimcha qilindi RFPIda.
Shu haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda "Sputnik V" ishlab chiqariladi, deb aytgandi.Farmatsevtika kompaniyasi quvvatlari asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvati 10 million doza bo‘ladi, lekin boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0