Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mestorojdenie "Yoshlik-1" Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdenie Yoshlik-1 Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2021
Obuna bo‘lish
Korxonaning yillik quvvati 10 million doza vaksina bo‘ladi, lekin boshlang‘ich bosqichda esa - 2 million doza bo‘ladi.
TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Olmaliqda "Sputnik V" ishlab chiqariladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xabar qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda ushbu preparatni ishlab chiqarish uchun yetarli sharoit bor. Taklif qilingan joy rossiyalik ishlab chiqaruvchilarga ma’qul keldi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Vaksinani ishlab chiqarish Olmaliqda joylashgan farmatsevtika kompaniyasi quvvatlari asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvati 10 million doza bo‘ladi, lekin boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, oldin ushbu vaksinani "Jo‘rabek Labaratoriyes" kompaniyasida ishlab chiqarish imkoniyati o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edik.
JSST ma’lum qilishiga ko‘ra, insoniyat yana kamida 10-yil davomida pandemiya sharoitida yashashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunda har bir kishi yiliga 2 marotaba vaksina olishga majbur bo‘ladi.
Bunday vaziyatda pandemiyadan qutilishning yagona yo‘li - bu vaksina olishdir. Vaksina olgan bemorlar kasalikka chalinsa ham 3-4 kunda tuzalib ketmoqda. Vaksina olmaganlar - og‘ir ahvolda uzoq vaqt davolanishga majbur bo‘lishmoqda, dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0