https://oz.sputniknews.uz/20210730/talim-kreditini-ajratishning-yangi-tizimi-yolga-qoyiladi-19890058.html
Ta’lim kreditini ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Ta’lim kreditini ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 30.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-30T19:14+0500
2021-07-30T19:14+0500
2021-07-30T19:14+0500
jamiyat
kontrakt
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b8de759eb4252e3fb6570ff0ce49353c.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Bunda:- tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;- ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytariladi;- ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.Jamg‘armaga 2021-yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210730/bugun-ozbekistonga-kirib-kelish-qoidalari-qanday--tiv-malumoti-19884568.html
https://oz.sputniknews.uz/20210329/aholining-kredit-olish-uchun-arizalari-yagona-elektron-platforma-orqali-qabul-qilinadi-18005564.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fd044041755d857974cb8fdc25572dfb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kontrakt, otm
Ta’lim kreditini ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
- ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytariladi;
- ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘armaga 2021-yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.