Bugun O‘zbekistonga kirib kelish qoidalari qanday – TIV ma’lumoti

© SS0 / Unsplash / Prasesh Shiwakoti (Lomash)PSR-test na COVID-19, illyustrativnoe foto
PSR-test na COVID-19, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha fuqarolar 72-soat oldin PZR - test topshirishi kerak. "Sariq" va "qizil" hududlardan kelayotganlar 14 kun karantin saqlashi kerak.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Bugungi pandemiya vaziyatida O‘zbekistonga kirib kelayotgan yo‘lovchilardan qanday hujjatlar talab qilinadi? Ushbu haqida TIV yana bir bor eslatma berdi.
1.
Havo transporti yoki temir yo‘l orqali kirib kelayotgan shaxslar qatnovga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda PZR testining manfiy ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak. O‘zbekistonda tan olinadigan PZR test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.
2.
O‘zbekistonga avtomobil yo‘llari orqali kirib kelayotgan yo‘lovchilar, o‘z mablag‘lari hisobidan, chegara o‘tkazish punktlarida ekspress antigen test topshirishlari kerak. Test natijasi musbat bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan shaxslar Respublika hududiga kiritilmaydi.
3.
“Sariq” va “qizil” toifaga ajratilgan davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda majburiyatnoma to‘ldirgan holda, 14 kunga yashash joyi bo‘yicha yoki mehmonxonada uy karantinini o‘tashlari talab etiladi.
4.
Sayyoh sifatida kelayotgan chet el fuqarolari, zarurat bo‘lganda, xizmatini ko‘rsatish shartnomasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan vaucher taqdim qilishi kerak bo‘ladi.
5.
O‘zbekistonga “sariq” va “qizil” davlatlardan mustaqil tashrif buyurayotgan turistlar (turoperator xizmatlaridan foydalanmasdan) umumiy tartibda kirib kelishi belgilangan.
6.
Chegarada topshirilgan test natijalari musbat chiqqanda xorij fuqarolari o‘z mamlakatiga qaytib ketish masalasi shu kundagi muayan aviakompaniya yoki boshqa transport kompaniyalarining yo‘lovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus va pandemiyaga chalinish holatlari kun sayin yangi rekord o‘rnatmoqda. So‘nggi sutka davomida (29 iyul) 897 kishida koronavirus va 546 nafar fuqaroda pandemiya aniqlangan. Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0