https://oz.sputniknews.uz/20210730/rossiyalik-bloger-ilya-varlamov-toshkentda-u-rasul-kusherbaev-bilan-uchrashdi-19887685.html
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Toshkentda: u Rasul Kusherbayev bilan uchrashdi
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Toshkentda: u Rasul Kusherbayev bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Toshkentga keldi. 30.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-30T16:40+0500
2021-07-30T16:40+0500
2021-07-30T17:01+0500
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/04/15321032_96:739:2424:2048_1920x0_80_0_0_672a2fb143251cf9c10e48fc1acb4d9d.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Instagram sahifasida Toshkent markaziy ko‘chalarida suratga olgan rasm va videolarni joylashtirdi.Jurnalist O‘zbekistonga bir necha kun oldin keldi va poytaxt metrosidan foydalanishga ulgurdi. Shuningdek, Islom Karimov haykali oldiga borib, aholi bilan suhbatlashdi.Varlamov akkauntidagi rasmlarga qaraganda, u toshkentliklarning turmush tarzini kuzatib, shahar ko‘chalarini o‘rganmoqda.Shuningdek, rossiyalik bloger deputat Rasul Kusherbayevdan intervyu olgani ham ma’lum. Bu haqda deputat Telegram-kanal orqali ma’lum qildi.Blogerni Toshkentga kelishning sababi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, u O‘zbekiston haqida navbatdagi loyiha ustida ishlamoqda, tafsilotlarini oshkor qilmadi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil qish mavsumida taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagandi.Varlamovning so‘zlariga ko‘ra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun o‘tib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda bo‘lib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va to‘g‘ri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar bo‘ylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar o‘zbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan bo‘lardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr so‘rayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.
https://oz.sputniknews.uz/20200827/41-razmer-krossovka-DB-rossiyalik-bloger-Ilya-Varlamov-videosi-byicha-munosabat-bildirdi-14850995.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/04/15321032_206:0:2937:2048_1920x0_80_0_0_1c2d39006c9f0cd9d3c24e4b6a4b542c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Toshkentda: u Rasul Kusherbayev bilan uchrashdi
16:40 30.07.2021 (yangilandi: 17:01 30.07.2021) Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Toshkentga keldi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Instagram sahifasida Toshkent markaziy ko‘chalarida suratga olgan rasm va videolarni joylashtirdi.
Jurnalist O‘zbekistonga bir necha kun oldin keldi va poytaxt metrosidan foydalanishga ulgurdi. Shuningdek, Islom Karimov haykali oldiga borib, aholi bilan suhbatlashdi.
Varlamov akkauntidagi rasmlarga qaraganda, u toshkentliklarning turmush tarzini kuzatib, shahar ko‘chalarini o‘rganmoqda.
Shuningdek, rossiyalik bloger deputat Rasul Kusherbayevdan intervyu olgani ham ma’lum. Bu haqda deputat Telegram-kanal orqali ma’lum qildi.
Blogerni Toshkentga kelishning sababi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, u O‘zbekiston haqida navbatdagi loyiha ustida ishlamoqda, tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil qish mavsumida taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagandi.
Varlamovning so‘zlariga ko‘ra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun o‘tib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda bo‘lib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.
“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va to‘g‘ri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar bo‘ylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar o‘zbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan bo‘lardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr so‘rayman”, -
deya yozgan Ilya Varlamov.