https://oz.sputniknews.uz/20210729/olmaliqda-dunyodagi-eng-yirik-oltin-va-mi-zahiralari-joylashgan---prezident-19869644.html
Olmaliqda dunyodagi eng yirik oltin va mis zahiralari joylashgan - prezident
Olmaliqda dunyodagi eng yirik oltin va mis zahiralari joylashgan - prezident
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi - Shavkat Mirziyoyev 29.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-29T12:38+0500
2021-07-29T12:38+0500
2021-07-29T18:29+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
oltin koni
mis
olmaliq kmk
olmaliq mis boyitish fabrikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875868_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_8341f6cda90f93f5cc17ae991ba20a53.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida nutq so‘zladi.Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, Olmaliq konlarida misning misning yalpi zaxirasi – 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Ushbu raqamlar o‘tgan 3-yil davomida dunyoning yetakchi laboratoriyalarida tomonidan tasdiqlangan.Shundan kelib chiqqan holda, umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi uchinchi mis boyitish fabrikasini qurishni boshlashga qaror qilingan.Yangi korxona 2024-yilga borib yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ikkinchi bosqichda esa quvvatlar 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi.Ana shu ikki bosqichni amalga oshirish tufayli korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.Kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3-martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi.Asosiysi - loyiha doirasida 11 mingta yangi yuqori texnologik ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa yosh yigit-qizlarimiz uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi, dedi prezident.Prezident aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Olmaliq tog‘-kon kombinati O‘zbekiston sanoatining lokomotiviga aylangan. Bu yerda O‘zbekistondi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7% yaratiladi, budjet tushumlarining 8%ini ta’minlaydi. Korxonada 40 ming kishi ishlaydi. Jami eksport hajmining 15% aynan OGMK hisobiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19875868_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f7f7befa0717ab1c92380caffde3ea8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, oltin koni, mis, olmaliq kmk, olmaliq mis boyitish fabrikasi
iqtisod, shavkat mirziyoyev, oltin koni, mis, olmaliq kmk, olmaliq mis boyitish fabrikasi
Olmaliqda dunyodagi eng yirik oltin va mis zahiralari joylashgan - prezident
12:38 29.07.2021 (yangilandi: 18:29 29.07.2021) Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi - Shavkat Mirziyoyev
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitish fabrikasi qurilishini boshlash marosimida nutq
so‘zladi. Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, Olmaliq konlarida misning misning yalpi zaxirasi – 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Ushbu raqamlar o‘tgan 3-yil davomida dunyoning yetakchi laboratoriyalarida tomonidan tasdiqlangan.
"Bu raqamlar esa, dunyodagi eng yirik, noyob oltin va mis konlari aynan mana shu hududda joylashgan deb aytish uchun, to‘la asos bo‘la oladi", - dedi Prezident.
Shundan kelib chiqqan holda, umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi uchinchi mis boyitish fabrikasini qurishni boshlashga qaror qilingan.
Yangi korxona 2024-yilga borib yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ikkinchi bosqichda esa quvvatlar 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi.
Ana shu ikki bosqichni amalga oshirish tufayli korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.
Kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3-martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi.
Asosiysi - loyiha doirasida 11 mingta yangi yuqori texnologik ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa yosh yigit-qizlarimiz uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi, dedi prezident.
Prezident aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Olmaliq tog‘-kon kombinati O‘zbekiston sanoatining lokomotiviga aylangan. Bu yerda O‘zbekistondi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7% yaratiladi, budjet tushumlarining 8%ini ta’minlaydi. Korxonada 40 ming kishi ishlaydi. Jami eksport hajmining 15% aynan OGMK hisobiga to‘g‘ri keladi.