https://oz.sputniknews.uz/20210728/tonirovkaga-oid-hukumat-qarori-qabul-qilindi-19855339.html
“Tonirovka”ga oid hukumat qarori qabul qilindi
“Tonirovka”ga oid hukumat qarori qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka”ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi 28.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-28T14:59+0500
2021-07-28T14:59+0500
2021-07-28T19:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tonirovka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/892/68/8926811_0:0:1921:1080_1920x0_80_0_0_e9667e77ff3aef0d8640d11f1f78467a.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi.Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.Avtotransport orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.Ruxsatnoma 1-yil muddatga beriladi.Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.YaIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.Estalib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik so‘rovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qilgandi. Keyinchalik deputat yana yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozgandi.IIV ushbu so‘rovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik o‘z takliflarini bildirilgan.Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 so‘m) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 so‘m) narx saqlanib qolmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210615/tonirovka-narxini-pasaytirish-rejalashtirilmoqda-19236245.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/892/68/8926811_87:0:1782:1271_1920x0_80_0_0_0e8918b9f0b0c6dd06d2d18b84371b79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tonirovka
jamiyat, o‘zbekiston, tonirovka
“Tonirovka”ga oid hukumat qarori qabul qilindi
14:59 28.07.2021 (yangilandi: 19:45 28.07.2021) “Tonirovka”ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Avtotransport orqa oynasining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan polosa shaklida yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1-yil muddatga beriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun to‘lov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
YaIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Estalib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik so‘rovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qilgandi. Keyinchalik deputat yana yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozgandi.
IIV ushbu so‘rovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik o‘z takliflarini bildirilgan.
Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 so‘m) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 so‘m) narx saqlanib qolmoqda.