Jamiyat

“Tonirovka” narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishReyd "skrыtыx" patruley DPS v Moskve
Reyd skrыtыx patruley DPS v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rekord darajada issiq ob-havo kuzatilishi ortidan avtomobillar oynalarini qoraytirish masalasi yana dolzarbga aylanmoqda.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda “tonirovka” narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Prezident Administratsiyasi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqqan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik soʻrovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgan.
Tonirovaniye avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Jamiyat
“Tonirovka” uchun ruxsatnomani yagona portal orqali olish imkoniyati yaratiladi
Taʼkidlanishicha, IIV ushbu soʻrovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik oʻz takliflarini bildirilgan.
“Demak, yaqin orada tonirovka masalasi boʻyicha ijobiy oʻzgarish boʻladiganga oʻxshaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga doir cheklovlar butkul bekor qilinishini kutmasam-da, lekin tonirovka uchun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman”, – deya yozdi Doniyor Gʻaniyev Telegram'dagi kanalida.
Hozirda respublikada avtomobillarning orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 soʻm) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 soʻm) narx saqlanib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0