Amerikaliklarning deyarli yarmi Afg‘onistondagi urushni xato, deb atadi

© Sputnik / Dmitry Parshin / Mediabankka o‘tishLyudi na odnoy iz ulis v Nyu-Yorke posle novostey o pobede na viborax prezidenta SShA kandidata ot Demokraticheskoy partii Djozefa Baydena
Lyudi na odnoy iz ulis v Nyu-Yorke posle novostey o pobede na viborax prezidenta SShA kandidata ot Demokraticheskoy partii Djozefa Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
AQShning afg‘on urushidagi ishtiroki to‘g‘risidagi Gallup so‘rovi 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinadi
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Amerikaliklarning deyarli teng yarmi AQShning Afg‘onistondagi urushdagi ishtiroki xato bo‘lgan, deb hisoblashadi. Gallup ijtimoiy instituti o‘tkazgan so‘rov natijalari bundan dalolat beradi.
Olingan ma’lumotlarga muvofiq, AQShning 47% aholisi urushda ishtirokka qarshi chiqishgan.
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
"Bu boshlanishi": yuz minglab afg‘on qochqinlari toliblar hujumi va AQSh bombardimoni oqibatidir
So‘rov 6-21 iyul kunlari oralig‘ida o‘tkazilgan. Savolga javob AQSh shtatlari va Kolumbiya okrugida yashovchi 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 1007 nafar fuqarolardan olingan.
Ijtimoiy institut AQShning Afg‘onistondagi urushdagi ishtiroki to‘g‘risidagi so‘rovni amerikalik askarlarning 2001-yilda AIRga kiritilishi vaqtidan buyon o‘tkazib keladi.
2014-yilda 49% amerikaliklar Afg‘onistondagi urushni xato, deya aytishgan va bu eng katta ko‘rsatkich bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 2001-yil oktabr oyida Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini kiritgan edi. Qaror 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi egizak-binolarga uyushtirilgan va qariyb 3 ming kishining umriga zomin bo‘lgan terroristik xujum fonida qabul qilingan.
Shturmovik Su-25 SM VVS Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari o‘zbek-afg‘on chegarasiga jo‘natiladi
Operatsiya cho‘qqisi vaqtida 2010-2013-yillarda Afg‘onistonda g‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshgan. AQSh va NATOning asosiy jangovar qismlari respublikadan 2014-yilda olib chiqib ketilgan.
Amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 14-aprel kuni Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan Afg‘onistondagi operatsiyani tugatish qarorini qabul qilgani haqida e’lon qildi. Amerika qo‘shinlarini olib chiqish may oyida boshlangan va askarlar avgustga qadar mamlakatni tark etishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0