Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari o‘zbek-afg‘on chegarasiga jo‘natiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShturmovik Su-25 SM VVS Rossii
Shturmovik Su-25 SM VVS Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Obuna bo‘lish
Su-25SM hujum samolyoti ekipajlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlariga jalb qilinadi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Qirg‘izistondagi “Kant” aviabazasi (Rossiya) Su-25SM hujum samolyoti ekipajlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlariga jalb qilinadi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi.
Manevrlar avgust oyining boshlarida Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan "Termiz" poligonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
ArMI-2020. Konkurs Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Rossiya BMP-2Mni Tojikistondagi harbiy bazaga jo‘natdi - video
Rossiya Markaziy harbiy okrugining xabar berishicha, mashqlarda Su-25SM hujum samolyotlari guruhi ishtirok etadi.
"Rossiya hujum samolyotlari Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarayotgan qo‘shinlar guruhiga havodan yordam beradi", - deb aniqlik kiritildi vazirlikda.
Shuningdek, Su-25SM ekipajlari shartli raqibning yashirin bazalarini aniqlash, yo‘q qilish va ko‘chma havo hujumidan himoya tizimlaridan qochish mashqlarini bajaradi.
Mashg‘ulotlarda Rossiya kontingenti Markaziy harbiy okrugning tinchlikparvarlik bo‘linmasi va maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilaridan iborat bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0