https://oz.sputniknews.uz/20210727/2022-yildan-qator-malumotlar-va-hujjatlarni-talab-qilish-bekor-qilinadi---royxat-19835605.html
2022 yildan qator ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi - ro‘yxat
2022 yildan qator ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi - ro‘yxat
Sputnik O‘zbekiston
Tashkilotlar belgilangan ma’lumotlar va hujjatlarni "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi. 27.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-27T09:58+0500
2021-07-27T09:58+0500
2021-07-27T09:58+0500
jamiyat
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_c787e3e5195432e0a08df24ff81fe67a.jpg
TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident Farmoni imzolandi.Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:- tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;- litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni;- davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;- qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;- kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;- jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;- jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;- jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;- fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;- oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;Quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:- moliyaviy hisobotlar nusxalarini;- jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;- - ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni.Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210414/dxa-tizimida-uch-oy-ichida-19-nafar-mansabdor-ishdan-olindi-18321592.html
https://oz.sputniknews.uz/20200421/DKhA-karantinda-nikodan-tishga-anday-ariza-topshirish-mumkinligini-malum-ildi-13967824.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/709/71/7097132_0:0:900:675_1920x0_80_0_0_26b785d204ae021ac2ab986e0d67d670.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
jamiyat, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
2022 yildan qator ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi - ro‘yxat
Tashkilotlar belgilangan ma’lumotlar va hujjatlarni "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.
TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident Farmoni imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinadi:
- tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
- litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni;
- davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
- jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
- jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
- fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;
Quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:
- moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
- jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
- - ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.