DXA tizimida uch oy ichida 19 nafar mansabdor ishdan olindi

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 104 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi (DXA) va uning hududiy boshqarmalari 2021-yilning 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 104 mingdan ortiq qonun buzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar qildi.
Shundan 75 mingdan ortig‘i muddat buzish, 19 mingdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 595 tasi ortig‘i asossiz rad etish va boshqa turdagi qonun buzilishlarni tashkil etgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 171 ta taqdimnoma, 934 ta ogohnoma kiritilgan va 812 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 325 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Shundan 19 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va 812 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Ma’lum qilinishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 6 taga ortib, 154 tani tashkil qilgan Joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
V Mirzachulskom rayone Uzbekistana otkrilsya sentr gosuslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2020
Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: aholi yengillik sezdimi?
Jismoniy va yuridik shaxslarga yanvar – mart oylarida 3 mln dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Aholiga jami 63 mingdan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0