https://oz.sputniknews.uz/20210723/tojikiston-afgonistondan-100-minggacha-qochoqlarni-qabul-qilishga-tayyor-19798895.html
Tojikiston Afg‘onistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor
Tojikiston Afg‘onistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Afg‘onistondan yuz ming va undan ortiq qochoqlarni qabul qilishi mumkin. Ayni damda xalqaro tashkilot vakillari bilan ularni joyylashtirish imkoniyatlari... 23.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-23T13:07+0500
2021-07-23T13:07+0500
2021-07-24T00:18+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
tojikiston
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/13/19736724_0:0:3039:1710_1920x0_80_0_0_46addd94c2cff1fc4405904a2ced2fc9.jpg
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston Afg‘onistondan 100 minggacha qochoqlarni qabul qilishga tayyor, Dushanbe xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ularni joylashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Emomali Ibroximzoda. RIA Novosti xabariga asosan.FVQ raisi o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Tojikiston bundan ham ko‘proq qochqinlarni qabul qilishi mumkin. Respublika ayni damda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda afg‘on qochqinlarini qabul qilish imkonyatlarini o‘rganmoqda.Ibrohimzoda aytishiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Kushoniyon tumani hududida va Tog‘li-Badaxshon ma’muriy markazi Xorog shahrida ikkita maxsus omborxona foydalanishga topshiriladi. U yerda afg‘on qochqinlari uchun chodirlar, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari va oziq-ovqatlar saqlanadi.Tojik amaldorining so‘zlariga ko‘ra, iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1500 nafar qochqinlarni qabul qilgan va ularni tibbiy yordam, chodirlar, ko‘rpa-to‘shak va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlagan edi.Eslatib o‘tamiz, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng, Tolibon harakati mamlakatda yirik hududlarni egallab oldi, hukumat qo‘shinlari bilan janglar qizib ketdi. AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo respublikalariga ularga xizmat qilgan 10 mingga yaqin afg‘onistonliklarni qabul qilishni so‘ragan edi. Yil oxirigacha qochqinlar soni 70 yoki 100 mingga yetishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210702/tojikiston-qozogiston-va-ozbekiston-aqsh--9-ming-afgonni-vaqtincha-joylashtirishni-soramoqda-19514007.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/13/19736724_18:0:2749:2048_1920x0_80_0_0_1c545cd29520c633205c2d4f268d4a64.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, tojikiston, afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, tojikiston, afg‘oniston
Tojikiston Afg‘onistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor
13:07 23.07.2021 (yangilandi: 00:18 24.07.2021) Tojikiston Afg‘onistondan yuz ming va undan ortiq qochoqlarni qabul qilishi mumkin. Ayni damda xalqaro tashkilot vakillari bilan ularni joyylashtirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 23-iyul – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston Afg‘onistondan 100 minggacha qochoqlarni qabul qilishga tayyor, Dushanbe xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ularni joylashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Emomali Ibroximzoda. RIA Novosti xabariga asosan.
“Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan Tojikiston mudofaa vazirligi poligonlarida bugungi kunda Afg‘onistondan 100 minggacha qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish mumkin”, - dedi Ibrohimzoda.
FVQ raisi o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Tojikiston bundan ham ko‘proq qochqinlarni qabul qilishi mumkin. Respublika ayni damda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda afg‘on qochqinlarini qabul qilish imkonyatlarini o‘rganmoqda.
Ibrohimzoda aytishiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Kushoniyon tumani hududida va Tog‘li-Badaxshon ma’muriy markazi Xorog shahrida ikkita maxsus omborxona foydalanishga topshiriladi. U yerda afg‘on qochqinlari uchun chodirlar, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari va oziq-ovqatlar saqlanadi.
Tojik amaldorining so‘zlariga ko‘ra, iyul oyida Tojikiston Afg‘onistondan 1500 nafar qochqinlarni qabul qilgan va ularni tibbiy yordam, chodirlar, ko‘rpa-to‘shak va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlagan edi.
“Ularning barchasi o‘z vataniga Qobul va Mozori Sharif shaharlariga 11ta charter parvozlari bilan qaytarildi”, - dedi Ibrohg‘imzoda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng, Tolibon harakati mamlakatda yirik hududlarni egallab oldi, hukumat qo‘shinlari bilan janglar qizib ketdi. AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo respublikalariga ularga xizmat qilgan 10 mingga yaqin afg‘onistonliklarni qabul qilishni so‘ragan edi. Yil oxirigacha qochqinlar soni 70 yoki 100 mingga yetishi mumkin.