https://oz.sputniknews.uz/20210715/shimoliy-oqim-2-dushmani-germaniyada-shitob-bilan-yutqazmoqda-19697639.html
“Shimoliy oqim-2” dushmani Germaniyada shitob bilan yutqazmoqda
“Shimoliy oqim-2” dushmani Germaniyada shitob bilan yutqazmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Germaniyada ayollar saltanati tuzilmadi – uch oy ilgari hammasi shunga qarab ketayotgandek bo‘lib ko‘rinayotgandi, ya’ni kuzda Angela... 15.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-15T16:49+0500
2021-07-15T16:49+0500
2023-04-05T18:34+0500
kolumnistlar
germaniya
shimoliy oqim-2
angela merkel
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19694191_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4238a40f535f1583ea7bad094cbd0826.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Germaniyada ayollar saltanati tuzilmadi – uch oy ilgari hammasi shunga qarab ketayotgandek bo‘lib ko‘rinayotgandi, ya’ni kuzda Angela Merkelni yangi frau kansler egallaydi.40 yoshli Annalena Berbokni kansler lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatgan “yashillar” partiyasi jadal mashhurlikka erisha boshladi. Boz ustiga qaysidir payt uning reytinglari hatto hozir hukmron bo‘lgan Xristian-demokratik ittifoqi-Xristian-sotsial ittifoqi (XDI-XSI) reytinglarini ortda qoldirgandi va 30 foizlik nuqtaga yetgandi. Sentabrda rejalashtirilgan saylovlardan keyin “yashillar” nafaqat yangi hukmron koalitsiyaga kirishi, balki u yerda asosiy kuch bo‘lib, kansler kursisiga egalik qilishlari ehtimoli ko‘proq bo‘lib tuyulardi.Lekin Annalena Berbokning parvozi uning qulashi singari tez bo‘ldi. Ustiga ustak, hozircha yo to‘xtagani yoki to‘xtamagani ma’lum emas. Berbokni nemis OAVlari shunchalik ko‘p aylantira boshlashdiki, u har yerda ko‘payib ketdi. Xalqning esa undan hafsalasi pir bo‘la boshladi. Albatta, bunga uning tarjimai holida paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklar ham (u aslida hech qachon tarkibida bo‘lmagan tashkilotlar kabi), deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan partiya to‘lovlari ham, uning kitobidagi ko‘chirmakashlik ham yordamlashdi. Gunohlar unchalik og‘ir emas, biroq ular majmuasi “yashillar” uchun yoqimsiz ta’sirni keltirib chiqardi: hozir ularning reytingi 17-20 foiz atrofida va yana jiddiy pastga qulashi mumkin. “Yashillar” uchun eng yoqimsizi esa – hukmron partiyaning pozitsiyalari qayta tiklana boshladi.Ha, XDI-XSIda Merkelnikidek 35 foiz va yuqorirog‘i yo‘q, lekin hozirgi vaqtda 28 ham yomon emas. Deyarli bir xonali raqamgacha tushib ketgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) kutilmaganda yo‘qotilgan ovozlarning bir qismini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Mana endi uning kuchi “yashillar”niki bilan tenglasha boshladi. Bu sentabrdagi saylovlardan keyin hozirgi koalitsiya saqlanib qolishini anglatmaydi, uning parchalanishi Merkelning ketishi singari oldingan ma’lum. Biroq tirilgan sotsial-demokratlar va Merkel vorisi Amin Lashetga bo‘lgan xush ko‘rishning o‘sishi har qanday holatda yangi koalitsiyani eski partiyalar shakllantirishini ko‘rsatmoqda.“Yashillar”ni, albatta, koalitsiyaga chaqirishadi – lekin faqat bosh rollarga emas (agar hozirgi tendensiya davom etsa, hatto ikkinchi darajali rolga chaqirishmaydi). Va bu o‘ta muhim, jumladan, Rossiya uchun.Chunki “yashillar” hozir ochiqchasiga natoparast o‘yinini o‘ynamoqda. Yo‘q, “yashillar” militarchi bo‘lmadi – biroq partiya globalistik loyihalar va tuzilmalariga shunchalik jipslanganki, aslida, Rossiya-Germaniya munosabatlarini yo‘lga qarshi o‘ynashadi. Bu “Shimoliy oqim-2” tarixida yanada aniqroq namoyon bo‘lmoqda, ustiga ustak, uning hamma argumentlari, jumladan, ekologik, oshkora quruq gaplarga asoslangan.Gaz quvuri Ukraina xavfsizligiga tahdid soladi, deydi Berbok – mana, buni Putin ham tasdiqlaganmish (ravshanki, bu uydirma). Va u YeIning tashqi siyosiy va uning “sharqiy qo‘shnilari” – ya’ni o‘sha Ukraina manfaatlariga javob bermaydi. Yevropaning tashqi siyosiy manfaatlariga nima o‘zi javob beradi? Amerika suyultirilgan tabiiy gazini xarid qilishmi? Ukrainani atlantizatsiyalashtirishning aqldan tashqari rejalarini qo‘llashmi?Bundan tashqari, Berbok hisoblaydiki, ShO-2 “Yevropa energetika suverenitetiga xalaqit beradi” – lekin YeI energetika suverenitetini ta’minlash mumkin, agar barcha energetika manbalaridan voz kechilsa (AESdan boshlab tabiiy gazgacha). Yashil energetika nafaqat juda qimmat, balki har holda oddiy energetikaning o‘rnini bosishga qodir emas. Buni aksariyat nemislar juda yaxshi tushunadi – barchani “yashil kelajak”ning muqobili yo‘qligiga ishontirayotgan globalchilarning targ‘ibot sa’y-harakatlariga qaramasdan.Reytinglar qulashi “yashillar” tomonidan og‘riq bilan qabul qilinmoqda – ular allaqachon Berbokka nisbatan ta’qib qilish, unga aynan ayol bo‘lgan qo‘pol munosabatda bo‘lish haqida gapirishmoqda... Ya’ni yana feminizmdan foydalanishmoqda – Merkelning 16-yillik boshqaruvidan keyin juda arzon bo‘lib ko‘rinadi. Bunga o‘xshash fikrlarga bundestag raisi Volfgang Shoyble yaxshi javob qaytardi. U eski maqolni eslatdi: “agar issiqqa toqatingiz bo‘lmasa, oshxonada siz qiladigan yumush yo‘q”. Haqiqatdan ham saylovoldi kampaniyasi Annalena Berbok uchun juda og‘ir bo‘lgan.“Yashillar” shunchaki tizim o‘yinchilaridan biri, juda sezilarli xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan bo‘lsada. Lekin bu nemis elitasi atay olmadigan tuzilmalar ta’siri – atlantik, globalistik. Shuning uchun bu joy uchun yetishgan “yashillarni” bu yerga sekinlik bilan ko‘tarishmoqda – jiddiy odamlarning kichik hamkori. Ular Merkel ketganidan keyin ham Germaniyani boshqarishadi – o‘sha Volfang Shoyble kabi. 78 yoshli siyosatchining Merkel paydo bo‘lishiga qadar kansler bo‘lishga ajoyib imkoniyatlari bor edi.Angela uning yo‘lida to‘g‘onoq bo‘ldi, lekin u ham ta’siri, ham ambitsiyalarini saqlab qoldi. Hech qayerga ketishni o‘ylamayapti – hozir mamlakatda “ikkinchi raqamli kishi” (bundestag rahbari lavozimi nemis konstitutsiyasiga ko‘ra kansler lavozimidan yuqoriroq) yana parlamentga intilmoqda. Keyin ham Germaniyani yo‘naltirish uchun – bu axir jiddiy ish, “yashil” Annalena uchun emas.
https://oz.sputniknews.uz/20210603/shimoliy-oqim-2ga-qarshi-songgi-jang-boshlandi--19077729.html
https://oz.sputniknews.uz/20210420/germaniya-shimoliy-oqim-2-qurilishi-tarafdori--merkel--18414882.html
https://oz.sputniknews.uz/20210513/milliardlab-evroni-kokka-sovurish-oktyabrgacha-shimoliy-oqim-2ni-qurib-bitkazishadimi-18716485.html
https://oz.sputniknews.uz/20210520/oqim-keyinga-qolsin-baydenga-putin-bilan-uchrashuvda-germaniya-kerak-18830276.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0f/19694191_252:0:2983:2048_1920x0_80_0_0_d7f43b0d732220a7f5cd68a23ee47ea3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, germaniya, shimoliy oqim-2, angela merkel, rossiya
kolumnistlar, germaniya, shimoliy oqim-2, angela merkel, rossiya
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Germaniyada ayollar saltanati tuzilmadi – uch oy ilgari hammasi shunga qarab ketayotgandek bo‘lib ko‘rinayotgandi, ya’ni kuzda Angela Merkelni yangi frau kansler egallaydi.
40 yoshli Annalena Berbokni kansler lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatgan “yashillar” partiyasi jadal mashhurlikka erisha boshladi. Boz ustiga qaysidir payt uning reytinglari hatto hozir hukmron bo‘lgan Xristian-demokratik ittifoqi-Xristian-sotsial ittifoqi (XDI-XSI) reytinglarini ortda qoldirgandi va 30 foizlik nuqtaga yetgandi. Sentabrda rejalashtirilgan saylovlardan keyin “yashillar” nafaqat yangi hukmron koalitsiyaga kirishi, balki u yerda asosiy kuch bo‘lib, kansler kursisiga egalik qilishlari ehtimoli ko‘proq bo‘lib tuyulardi.
Lekin Annalena Berbokning parvozi uning qulashi singari tez bo‘ldi. Ustiga ustak, hozircha yo to‘xtagani yoki to‘xtamagani ma’lum emas. Berbokni nemis OAVlari shunchalik ko‘p aylantira boshlashdiki, u har yerda ko‘payib ketdi. Xalqning esa undan hafsalasi pir bo‘la boshladi. Albatta, bunga uning tarjimai holida paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklar ham (u aslida hech qachon tarkibida bo‘lmagan tashkilotlar kabi), deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan partiya to‘lovlari ham, uning kitobidagi ko‘chirmakashlik ham yordamlashdi. Gunohlar unchalik og‘ir emas, biroq ular majmuasi “yashillar” uchun yoqimsiz ta’sirni keltirib chiqardi: hozir ularning reytingi 17-20 foiz atrofida va yana jiddiy pastga qulashi mumkin. “Yashillar” uchun eng yoqimsizi esa – hukmron partiyaning pozitsiyalari qayta tiklana boshladi.
Ha, XDI-XSIda Merkelnikidek 35 foiz va yuqorirog‘i yo‘q, lekin hozirgi vaqtda 28 ham yomon emas. Deyarli bir xonali raqamgacha tushib ketgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) kutilmaganda yo‘qotilgan ovozlarning bir qismini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Mana endi uning kuchi “yashillar”niki bilan tenglasha boshladi. Bu sentabrdagi saylovlardan keyin hozirgi koalitsiya saqlanib qolishini anglatmaydi, uning parchalanishi Merkelning ketishi singari oldingan ma’lum. Biroq tirilgan sotsial-demokratlar va Merkel vorisi Amin Lashetga bo‘lgan xush ko‘rishning o‘sishi har qanday holatda yangi koalitsiyani eski partiyalar shakllantirishini ko‘rsatmoqda.
“Yashillar”ni, albatta, koalitsiyaga chaqirishadi – lekin faqat bosh rollarga emas (agar hozirgi tendensiya davom etsa, hatto ikkinchi darajali rolga chaqirishmaydi). Va bu o‘ta muhim, jumladan, Rossiya uchun.
Chunki “yashillar” hozir ochiqchasiga natoparast o‘yinini o‘ynamoqda. Yo‘q, “yashillar” militarchi bo‘lmadi – biroq partiya globalistik loyihalar va tuzilmalariga shunchalik jipslanganki, aslida, Rossiya-Germaniya munosabatlarini yo‘lga qarshi o‘ynashadi. Bu “Shimoliy oqim-2” tarixida yanada aniqroq namoyon bo‘lmoqda, ustiga ustak, uning hamma argumentlari, jumladan, ekologik, oshkora quruq gaplarga asoslangan.
Gaz quvuri Ukraina xavfsizligiga tahdid soladi, deydi Berbok – mana, buni Putin ham tasdiqlaganmish (ravshanki, bu uydirma). Va u YeIning tashqi siyosiy va uning “sharqiy qo‘shnilari” – ya’ni o‘sha Ukraina manfaatlariga javob bermaydi. Yevropaning tashqi siyosiy manfaatlariga nima o‘zi javob beradi? Amerika suyultirilgan tabiiy gazini xarid qilishmi? Ukrainani atlantizatsiyalashtirishning aqldan tashqari rejalarini qo‘llashmi?
Bundan tashqari, Berbok hisoblaydiki, ShO-2 “Yevropa energetika suverenitetiga xalaqit beradi” – lekin YeI energetika suverenitetini ta’minlash mumkin, agar barcha energetika manbalaridan voz kechilsa (AESdan boshlab tabiiy gazgacha). Yashil energetika nafaqat juda qimmat, balki har holda oddiy energetikaning o‘rnini bosishga qodir emas. Buni aksariyat nemislar juda yaxshi tushunadi – barchani “yashil kelajak”ning muqobili yo‘qligiga ishontirayotgan globalchilarning targ‘ibot sa’y-harakatlariga qaramasdan.
Reytinglar qulashi “yashillar” tomonidan og‘riq bilan qabul qilinmoqda – ular allaqachon Berbokka nisbatan ta’qib qilish, unga aynan ayol bo‘lgan qo‘pol munosabatda bo‘lish haqida gapirishmoqda... Ya’ni yana feminizmdan foydalanishmoqda – Merkelning 16-yillik boshqaruvidan keyin juda arzon bo‘lib ko‘rinadi. Bunga o‘xshash fikrlarga bundestag raisi Volfgang Shoyble yaxshi javob qaytardi. U eski maqolni eslatdi: “agar issiqqa toqatingiz bo‘lmasa, oshxonada siz qiladigan yumush yo‘q”. Haqiqatdan ham saylovoldi kampaniyasi Annalena Berbok uchun juda og‘ir bo‘lgan.
“Yashillar” shunchaki tizim o‘yinchilaridan biri, juda sezilarli xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan bo‘lsada. Lekin bu nemis elitasi atay olmadigan tuzilmalar ta’siri – atlantik, globalistik. Shuning uchun bu joy uchun yetishgan “yashillarni” bu yerga sekinlik bilan ko‘tarishmoqda – jiddiy odamlarning kichik hamkori. Ular Merkel ketganidan keyin ham Germaniyani boshqarishadi – o‘sha Volfang Shoyble kabi. 78 yoshli siyosatchining Merkel paydo bo‘lishiga qadar kansler bo‘lishga ajoyib imkoniyatlari bor edi.
Angela uning yo‘lida to‘g‘onoq bo‘ldi, lekin u ham ta’siri, ham ambitsiyalarini saqlab qoldi. Hech qayerga ketishni o‘ylamayapti – hozir mamlakatda “ikkinchi raqamli kishi” (bundestag rahbari lavozimi nemis konstitutsiyasiga ko‘ra kansler lavozimidan yuqoriroq) yana parlamentga intilmoqda. Keyin ham Germaniyani yo‘naltirish uchun – bu axir jiddiy ish, “yashil” Annalena uchun emas.