Namangan va Andijonda kuchli sel avtomobillarni oqizib ketdi

© Sos.SetiPosledstviya silnix dojdey v Namangane
Posledstviya silnix dojdey v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Obuna bo‘lish
Namangan va Andijonda kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng sel kelishi va suv bosish holatlari kuzatildi. Bir necha uylarga suv kirgan, avtomobillar oqib ketgan hamda ko‘priklar shikastlangan. Jabrlangan yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. kecha 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Namangan va Andijonda kuchli sel kelish va suv basish holatlari kuzatildi, deb xabar qilmoqda mahalliy telegram kanallar hamda Uzb_meteo.
Xususan, 20-iyul kuni soat 18:20 dan so‘ng Namangan viloyatining Uychi, Namangan, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumani hududlarida hamda Andijon viloyatining ayrim hududlarida kuchli jala yog‘inlari yog‘ib o‘tdi.

“Namangan shahridagi kuzatuv stansiyasida umumiy miqdorda 25 mm yomg‘ir yoqqan. Bu, bir gektar maydonga 250 tonna suv tushganini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu miqdor Namangan shahrida yil davomida yog‘adigan umumiy yog‘inning 15% ini tashkil etadi”, - deb yozmoqda telegram kanal Uzb_meteo.

Shundan so‘ng Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi ''Kosonsoy'' soyiga sel keldi, Namangan shahrida do‘l yog‘ishi va ko‘chalarni suv bosishi kuzatildi.
© Sos.SetiPosledstviya silnix dojdey v Namangane
Posledstviya silnix dojdey v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnix dojdey v Namangane
Namangan viloyati Pop tumani tog‘li Imomota(Parda Tursin qishlog‘i) MFY hududlarida soat 20:10 hamda 21:05 oralig‘ida kuchli jala yog‘inlar tufayli, qishloq hududlaridan oqib o‘tuvchi ''Kengqulsoy'' soyiga sel kelgan. Ushbu sel oqibatida 4 ta avtomobil sel oqib kelgan.
Tumanning Qo‘qimboy hududlarida yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi yog‘inlar tufayli, Bo‘ston mahallasidagi ayrim aholi yashash xonadonlariga suv kirib borganligi aytilmoqda.
© Sos.SetiPosledstviya silnix dojdey v Namangane
Posledstviya silnix dojdey v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnix dojdey v Namangane
Namangan viloyati Davlatobod tumani. Davlatobod tumanining yangi Yuksalish massivida ham kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng yo‘llarni suv bosdi.

Namangandagi jala yog‘inlar ortidan, hosil bo‘lgan sel oqimlari Namangan shahri hududidan kesib o‘tgan 4R-117 "To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq" avtomobil yo‘lining 15 km hamda 4R-112 "Farg‘ona xalka yo‘li" avtomobil yo‘lining 73 km qismida joylashgan "Tashlama" ko‘prigini suv yuvib, xavfli holatga olib kelgan. Bu yo‘llarda transport harakati vaqtincha cheklangan. Yuzaga kelgan holatlar bartaraf etilmoqda, - deb xabar qilmoqda Namangan viloyati IIB YXXB.

© Sos.SetiPosledstviya silnix dojdey v Namangane
Posledstviya silnix dojdey v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Posledstviya silnix dojdey v Namangane
Kuchli sel natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan.
Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan shu kunlarda tog‘li hududlariga dam olish uchun chiqmasliklarini so‘ramoqda.
Andijon viloyati Andijon tumanida kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan, suv bosish hodisalari kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0