Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat vaksina yetishmovchiligi tufayli yomonlashmoqda – BSST

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishMunxenskaya konferensiya po bezopasnosti
Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
To‘rt haftadirki jahonda COVID-19 kasalligiga chalinish holatlari o‘sib borishi kuzatilmoqda. Vaksina yetishmovchiligi kuzatilayotgan regionlarda holat ancha yomon, deb ta’kidlaydi BSST
TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik holat yomonlashmoqda. Bu haqda dushanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Vaksinalar urushi: Yevropa Sputnik V bilan qanday kurashmoqda
"O‘tgan hafta butun dunyoda ketma-ket to‘rtinchi hafta COVID-19 bilan kasallanganlar soni ko‘payishi qayd etildi. Ushbu o‘sish Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oltita mintaqasida qayd etildi. 10 haftalik pasayishdan so‘ng, o‘lim ko‘rsatkichi ham oshdi ", - dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori.

Vaksina yetishmovchiligi

Gebreyesusning ta’kidiga ko‘ra, vaksina yetishmovchiligi kuzatilayotgan joylarda ahvol ancha yomon, shu bilan birga pandemiya "hozircha hech qayerda tugamagan".
Gebreyesusning aytishicha, "sog‘liqni saqlash sohasida vaziyat yomonlashuvi kuzatilmoqda". "Bu esa ko‘plab hayotlarni va mustahkam global tiklanishni xavf ostida qoldirmoqda", - deb hisoblaydi BSST rahbari.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Nature jurnalida “Sputnik V”ning samaradorligi haqida maqola paydo bo‘ldi
Vaksina yetishmovchiligi masalasini muhokama qilish uchun BSST va Butunjahon savdo tashkiloti kelayotgan haftada davlatlar va biznes vakillari yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Yig‘ilishda davlat va xususiy sektor rahbarlari to‘planadilar. Yig‘ilish ishtirokchilari vaksina olishda notenglik masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

"Delta" shtammi

Dunyoda 104dan ziyod mamlakatlarda koronavirusning delta-shtammi aylanmoqda. U juda yuqori yuqumlilik darajasiga ega.
Kutilishicha, juda yaqin orada ushbu shtamm dunyoda yetakchi o‘ringa chiqadi, deb bayonot qildi Gebreyesus.
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
Eslatib o‘tamiz, "delta" shtammi "alfa" variantiga qaraganda 50% tezroq tarqalish xususiyatiga ega. "Alfa" shtammi koronavirus infeksiyasining dastlabki shtammiga qaraganda 50% yuqumliroq edi.
Bundan tashqari, hindcha shtamm o‘ta qisqa inkubatsiya davriga ega bo‘lib, kasallikdan so‘ng o‘ta og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Unga qarshi eng samarali kurash usuli - bu o‘z vaqtida amalga oshirilgan vaksinatsiyadir.

Dunyodagi vaksinalar haqida

Bugungi kunda koronavirusga qarshi yuzdan ziyod vaksinalar ishlab chiqarish jarayonida turibdi. Bu haqda dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda BSST bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan ma’lum qilgan.
 Vaksinatsiya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
O‘zbekiston vaksinalarni qanday narxda sotib olmoqda
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, gap 105ta nomzod-vaksinalar haqida bormoqda. Ularning aksariyati klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda. Svaminatanning fikricha, yangi vaksinalar yanada samaraliroq bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu vaksinalarni saqlash sharoitlari ham ancha yengilroq bo‘ladi.
"Yangi ishlanmalar va sinovlarga zarurat o‘z ahamiyatini yo‘qotmayotgan bir vaqtda, yangi vaksinalarni ishlab chiqishga harakat qilayotganlarni rag‘batlantirmoq lozim", deya qayd etadi BSST eksperti.
Yangiliklar lentasi
0