Jamiyat

Usmonxon Alimovning sogʻligʻi boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi

© muslim.uz / Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana
Usmanxan Alimov - predsedatel upravleniya musulman Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sogʻligʻi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimovning sogʻligʻi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
“Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari toʻgʻrisida turli asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Usmonxon Alimov vo vremya vizita v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2020
Usmonxon Alimov navbatdagi bor dunyoning eng obroʻli musulmonlari roʻyxatiga kiritildi
Maʼlum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sogʻliqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari oʻtkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.
Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatamiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0