TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov dunyoning eng obro‘li 500 musulmoni ro‘yxatiga kiritildi. Muftiy 166-o‘rinda qayd etilgan.
Ummonning qirollik islom strategik tadqiqotlari markazi Jorjtaundagi musulmon-nasroniy bir-birini tushunishi Markazi dunyoning eng obro‘li musulmonlari reytingini 2009-yildan buyon e’lon qilib keladi.
Eng obro‘li 50 musulmon ro‘yxatiga dunyodagi ismoilitlar yetakchisi Shoh Karim Al-Husayniy (30 o‘rinda) kiritilgan.
Joriy yilda reytingni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Saudiya qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz va 1989-yildan hozirga qadar Eronning oliy hukmdori Oyatolla Sayid Ali Humayniy kelmoqda.
Birinchi beshlikdan shuningdek, 1999-yildan Iordaniya qiroli bo‘lgan Abdalla II ibn Xuseyn al-Xoshimiy va islomiy olimlar ichida yetakchi bo‘lgan Shayx Muhammad Taki Usmoniy ham o‘rin olgan.
Eng obro‘li 50 musulmon ro‘yxatiga, shuningdek, Pokiston bosh vaziri Imron Xon (15-o‘rinda),Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon (23-o‘rinda), angliyaning "Liverpul" klubidagi misrlik futbolchi Muxammad Saloh (42-o‘rinda kiritilgan".