Sentabrga qadar kimlar majburiy emlanadi - Nurmat Otabekov javobi

© Vitaliy BelousovMigranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
Otabekov 1-sentabrga qadar kimlar emlanishi va nega aynan mana shu aholi qatlami vaksina olishi shart etib belgilangani haqida to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov "O‘zbekiston 24" telekanali orqali uzatilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda savollarga javob berdi.
Otabekov 1-sentabrga qadar kimlar emlanishi va nega aynan mana shu aholi qatlami vaksina olishi shart etib belgilangani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat vaksina yetishmovchiligi tufayli yomonlashmoqda – BSST
Otabekovga ko‘ra, sentabr boshiga qadar aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obyektlari xodimlari: davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqa obyektlar xodimlari emlanadi.
Bundan tashqari barcha turdagi savdo obyektlari xodimlari ham emlanishi shart.
Sport maktablari va sport inshootlari xodimlari ham aynan mana shu guruhga kiritilgan.
Madaniy va xizmat ko‘rsatish obyektlari xodimlari, mehmonxonalar, otellar, yotoqxonalar, xostellar, kempinglar xodimlari ham emlanishi nazarda tutilgan.
Aholiga xizmat ko‘rsatish barobarida ko‘p muloqotga kirishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari xodimlari harbiy xizmatchilar, ummiy ovqatlanish korxonalari, to‘yxonalar, kafelar va barlarda xizmat ko‘rsatadigan xodimlar, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlari, komunnal xizmat, aloqa va telekommunikatsiya, davlat boshqaruvi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari emlanishi nazarda tutilgan.
"Koronavirus kasalligini asosiy yuqish yo‘li - bu muloqot yo‘li hamda havo-tomchi yo‘li orqalidir. Demak, ushbu kasallikni yuqtirib qo‘yish ya’ni, boshqalarga kasallikni yuqtirish ehtimolidan kelib chiqib, aynan mana shu aholi qatlamlari xavf osti guruhiga mansub deb belgilangan", - deya izoh berib o‘tdi Otabekov.
Yangiliklar lentasi
0