O‘zbekiston: 1000dan ortiq kovid va pnevmoniya, 5 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya lecheniya bolnix Covid-19
Gospital dlya lecheniya bolnix Covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 585 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 973 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 585 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 973 nafarni tashkil qilmoqda.
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Sentabrga qadar kimlar majburiy emlanadi - Nurmat Otabekov javobi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (50), Andijon viloyatida (18), Buxoro viloyatida (15), Jizzax viloyatida (63), Qashqadaryo viloyatida (18), Navoiy viloyatida (12), Namangan viloyatida (35), Samarqand viloyatida (56), Sirdaryo viloyatida (25), Surxondaryo viloyatida (59), Farg‘ona viloyatida (42), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (61), Toshkent shahrida (117) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 114 865 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2021
Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi emlandi - video

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 5 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 801 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 189,9 milliondan oshdi, 4,0 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (34,0 mln), Hindistonda (31,1 mln), Braziliyada (19,3 mln).
Yangiliklar lentasi
0