https://oz.sputniknews.uz/20210718/mirziyoev-germaniya-etakchisiga-hamdardlik-bildirdi-19729936.html
Mirziyoyev Germaniya prezidenti va kansleriga hamdardlik bildirdi
Mirziyoyev Germaniya prezidenti va kansleriga hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Germaniya yetakchisiga halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 18.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-18T17:51+0500
2021-07-18T17:51+0500
2021-07-18T18:08+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
germaniya
angela merkel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/12/19724755_0:227:2835:1821_1920x0_80_0_0_e1b3c230383f0393fd04afdaccc7bd7f.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.Germaniyada hafta boshidan beri "Bernd" bo‘roni keltirib chiqargan yog‘ingarchiliklar davom etmoqda. Asosiy zarba g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalarga to‘g‘ri keldi, u yerda darolar, shu jumladan, Reyn darosi qirg‘og‘idan toshib, ko‘chalarni suv bosdi.Halokatli toshqin qurbonlarining soni 156 kishiga yetdi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.Koblens politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Reynland-Pfalsda 110 kishi halok bo‘ldi. Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi tabiiy ofat tufayli 45 kishi hayotdan ko‘z yumdi va kamida bir kishi Bavariyaning Berxtesgaden tumanida halok bo‘ldi.Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlarida ayniqsa og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Tabiiy ofat ko‘prik va yo‘llarning buzilishiga, elektr tarmoqlarning uzilishiga olib keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210718/ozbekiston-va-germaniya-afgon-qochqinlarining-ehtimoliy-oqimini-muhokama-qildi-19728310.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/12/19724755_51:0:2782:2048_1920x0_80_0_0_ba6044bffab5d4ca56a0156b95e56c88.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, angela merkel
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, angela merkel
Mirziyoyev Germaniya prezidenti va kansleriga hamdardlik bildirdi
17:51 18.07.2021 (yangilandi: 18:08 18.07.2021) Mirziyoyev Germaniya yetakchisiga halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Germaniyada hafta boshidan beri "Bernd" bo‘roni keltirib chiqargan yog‘ingarchiliklar davom etmoqda. Asosiy zarba g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalarga to‘g‘ri keldi, u yerda darolar, shu jumladan, Reyn darosi qirg‘og‘idan toshib, ko‘chalarni suv bosdi.
Halokatli toshqin qurbonlarining soni 156 kishiga yetdi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.
Koblens politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Reynland-Pfalsda 110 kishi halok bo‘ldi. Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi tabiiy ofat tufayli 45 kishi hayotdan ko‘z yumdi va kamida bir kishi Bavariyaning Berxtesgaden tumanida halok bo‘ldi.
Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlarida ayniqsa og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Tabiiy ofat ko‘prik va yo‘llarning buzilishiga, elektr tarmoqlarning uzilishiga olib keldi.