https://oz.sputniknews.uz/20210718/ozbekiston-va-germaniya-afgon-qochqinlarining-ehtimoliy-oqimini-muhokama-qildi-19728310.html
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimini muhokama qildi
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimini hal qilish masalasini muhokama qildi. 18.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-18T13:21+0500
2021-07-18T13:21+0500
2021-07-18T13:21+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1089/76/10897670_0:0:2875:1617_1920x0_80_0_0_5097ad6bea08470efbab0186f3cbcb11.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Matias Lyuttenberg bilan uchrashdi.Germaniya vakili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bog‘liqlik bo‘yicha xalqaro konferensiya natijalarini yuqori baholadi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bunday yuqori darajadagi xalqaro forumni tashkil etish bo‘yicha tashabbusi o‘z vaqtida o‘tkazilgani va uning kun tartibi juda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi.Afg‘oniston Islom Respublikasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, ushbu mamlakatda tinchlik jarayoniga o‘zaro yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar Afg‘onistondagi qurolli mojaroning avj olishidan xavotirlarini bildirdi va dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinchlik hamda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirish yuzasidan gaplashildi.Muloqot davomida tomonlar Afg‘oniston borasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, xususan, afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimi va chegaradagi voqealar bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.Afg‘oniston xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordamni davom ettirishda mintaqadagi mamlakatlarning muhim roli, shuningdek, Afg‘onistonda doimiy hamda har tomonlama tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlar xususida ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210718/putin-va-bayden-rfning-markaziy-osiyodagi-harbiy-bazalarini-muhokama-qilgan---oav-19727094.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1089/76/10897670_144:0:2875:2048_1920x0_80_0_0_3c2674dce3cbd30ea60086f0c92ef122.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, germaniya
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, germaniya
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimini muhokama qildi
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimini hal qilish masalasini muhokama qildi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Matias Lyuttenberg bilan uchrashdi.
Germaniya vakili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bog‘liqlik bo‘yicha xalqaro konferensiya natijalarini yuqori baholadi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bunday yuqori darajadagi xalqaro forumni tashkil etish bo‘yicha tashabbusi o‘z vaqtida o‘tkazilgani va uning kun tartibi juda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi.
Afg‘oniston Islom Respublikasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, ushbu mamlakatda tinchlik jarayoniga o‘zaro yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi qurolli mojaroning avj olishidan xavotirlarini bildirdi va dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinchlik hamda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirish yuzasidan gaplashildi.
Muloqot davomida tomonlar Afg‘oniston borasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, xususan, afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimi va chegaradagi voqealar bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Afg‘oniston xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordamni davom ettirishda mintaqadagi mamlakatlarning muhim roli, shuningdek, Afg‘onistonda doimiy hamda har tomonlama tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlar xususida ta’kidlandi.