https://oz.sputniknews.uz/20210717/uzauto-motors-yaqin-vaqt-ichida-2ta-yangi-model-ishlab-chiqarishni-boshlaydi-19719409.html
UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi
UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi yagona platformada Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yig‘iladi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 21-avgustga qadar amalga oshiriladi. 17.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-17T10:41+0500
2021-07-17T10:41+0500
2021-07-17T10:43+0500
iqtisod
uzauto motors
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1312/47/13124706_0:35:680:418_1920x0_80_0_0_40bab0fa089541183fc52a4c25cdd074.jpg
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. “UzAuto Motors” yaqin vaqt ichida 2ta yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, db xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi. “UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi. Shu o‘rinda, “UzAuto Motors” tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlashini alohida ta’kidlab o‘tgan. Ma’lumot uchun, bitta platformada bir necha avtomobil ishlab chiqarish - investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deyilgan xabarda. So‘nggi yillarda dunyodagi deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning ana shunday uslubiga o‘tishgan. Bu borada Volkswagen kompaniyasi birinchilardan bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20191229/UzAuto-Motors-Chevrolet-Onix-avtomobillarini-ishlab-chiarishni-boshlaydi-13125232.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1312/47/13124706_38:0:642:453_1920x0_80_0_0_92b782adefd95223e19935f54cd5465c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uzauto motors
UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi
10:41 17.07.2021 (yangilandi: 10:43 17.07.2021) Yangi yagona platformada Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yig‘iladi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 21-avgustga qadar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. “UzAuto Motors” yaqin vaqt ichida 2ta yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, db xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning 15-iyulidan – 21-avgustiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.
“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.
Shu o‘rinda, “UzAuto Motors” tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlashini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, bitta platformada bir necha avtomobil ishlab chiqarish - investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deyilgan
xabarda. So‘nggi yillarda dunyodagi deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning ana shunday uslubiga o‘tishgan. Bu borada Volkswagen kompaniyasi birinchilardan bo‘lgan edi.