UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi modellar qachon sotuvga chiqarilishi hozircha ma’lum emas. Ta’kidlanishicha, 2020-yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. UzAuto Motors 2020-yilda yagona platformadagi Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasini ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6-yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi.

© xcar.com.cnChevrolet Onix
UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Onix

2020 yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda. Biroq bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi. 

Yangi moddellar qachon sotuvda qachon paydo bo‘lishiga oydinlik kiritilmagan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. 2018-yilda ushbu ko‘rsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya  Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillarini namoyish qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0