Putin Baydenga Afg‘onistondagi harakatlarni muvofiqlashtrishni taklif qilgan - OAV

© AFP 2023 / Denis BalibousePrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2021
Obuna bo‘lish
Jenevadagi uchrashuv vaqtida Putin Baydenga Afg‘oniston bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Rossiyaning MOdagi harbiy bazalaridan foydalanishni taklif qilgan edi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Vladimir Putin Jenevadagi sammit vaqtida amerikalik hamkasabasi Jo Baydenga Afg‘oniston yo‘nalishida harakatlarni muvofiqlashtirishni taklif qilgan, deb yozmoqda "Kommersant" nashriga asosan RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya o‘zining Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari imkoniyatlaridan Afg‘onistondagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida foydalanishni taklif qilgan. Ya’ni AQSh terrorchilar joylashga hududlar koordinatalarii berishi Rossiya harbiylari esa dronlar yordamida ularga zarba berishi nazarda tutilgan.
Agar amerikaliklarning maqsadi boshqa bo‘lmaganidan, ular ushbu taklifdan albatta foydalanishgan bo‘lardi, - deyilgan manbaada.
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad ushbu mavzuda berilgan savolga izoh berishdan bosh tortdi. Kreml ham ushbu masalada hozircha hech narsa degani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarning 95%olib chiqib ketgan. Qolganlarni 31-avgustga qadar olib chiqish resjalashtirilgan.
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
O‘tgan yilnin sentabr oyida Qatarda afg‘onlararo muzokaralar boshlangan edi. Lekin 10 oy ichida tomonlar asosiy masalalar bo‘yicha ham kelishuvga erisha olishmadi. Shu sababli Tolibon va hukumat qo‘shinlari orasida haligacha janglar ketmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga ko‘ra, Moskva Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasida Vashington bilan ham Pekin bilan ham birgalikda ishlashga tayyor. Afg‘onlararo tinchlikka erishishning asosiy jihatlaridan biri, bu barcha tomonning fikriga quloq tutish, jumladan Tolibon*ni ham.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh
Yangiliklar lentasi
0