https://oz.sputniknews.uz/20210715/tolibon-3-oylik-sulh-uchun-shartlarni-malum-qildi-19692492.html
“Tolibon”* 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi
“Tolibon”* 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi. 15.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-15T13:00+0500
2021-07-15T13:00+0500
2021-07-15T16:27+0500
aqsh
bmt
afg‘oniston
tolibon
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19614716_0:206:2911:1843_1920x0_80_0_0_12b90107d71303635076aed4054bc097.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. “Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy 1TV News telekanali Afg‘oniston hukumati muzokarachisi Nader Naderiga asoslanib xabar qildi.Agar yetti ming mahbus ozod qilinib, “Tolibon”* BMTning qora ro‘yxatidan chiqarilsa, sulh tuziladi.Avvalroq Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV Osiyodagi ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov RIA Novosti bilan suhbatda “Tolibon”ni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalaridan chiqarish tartibi afg‘onlararo muloqot boshlangandan so‘ng ishga tushirilishi mumkinligi haqida aytdi.Shuningdek, u BMT 2001-yilda rezolyutsiya qabul qilganini esladi: harakat terroristik tashkilot deb tan olindi va yuqori va o‘rta darajadagi 110 nafardan ortiq vakillariga cheklovlar qo‘llanildi.Afg‘onistonda qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan hukumat kuchlari va Tolibon* jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik ketmoqda.Afg‘onistonda beqarorlik AQSh administratsiyasi tomonidan Afg‘onistondan 11-sentabrgacha qo‘shinlarni olib chiqib ketishni yakunlash haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda.2020 yilda Vashington va “Tolibon”* Doxada 18-yildan ortiq urush davomida birinchi tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakati.
https://oz.sputniknews.uz/20210715/toliblar-turkiyaga-songgi-afgoncha-ogohlantirish-elon-qildi-buyogi-nima-boladi-19685805.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19614716_90:0:2821:2048_1920x0_80_0_0_05329ab790a5ace3d18a613227470ceb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, bmt, afg‘oniston, tolibon, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
aqsh, bmt, afg‘oniston, tolibon, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi
13:00 15.07.2021 (yangilandi: 16:27 15.07.2021) “Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. “Tolibon” (Rossiyada terrorchilik harakat sifatida taqiqlangan) vakili 3 oylik sulh uchun shartlarni ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy
1TV News telekanali Afg‘oniston hukumati muzokarachisi Nader Naderiga asoslanib xabar qildi.
Agar yetti ming mahbus ozod qilinib, “Tolibon”* BMTning qora ro‘yxatidan chiqarilsa, sulh tuziladi.
Avvalroq Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV Osiyodagi ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov RIA Novosti bilan suhbatda “Tolibon”ni BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalaridan chiqarish tartibi afg‘onlararo muloqot boshlangandan so‘ng ishga tushirilishi mumkinligi haqida aytdi.
Shuningdek, u BMT 2001-yilda rezolyutsiya qabul qilganini esladi: harakat terroristik tashkilot deb tan olindi va yuqori va o‘rta darajadagi 110 nafardan ortiq vakillariga cheklovlar qo‘llanildi.
Afg‘onistonda qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan hukumat kuchlari va Tolibon* jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik ketmoqda.
Afg‘onistonda beqarorlik AQSh administratsiyasi tomonidan Afg‘onistondan 11-sentabrgacha qo‘shinlarni olib chiqib ketishni yakunlash haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda.
2020 yilda Vashington va “Tolibon”* Doxada 18-yildan ortiq urush davomida birinchi tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakati.