Toliblar Turkiyaga "so‘nggi afg‘oncha ogohlantirish" e’lon qildi: buyog‘i nima bo‘ladi?

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* Anqara va Vashington Qobul aeroportini qo‘riqlash va nazorat qilish uchun qoldirmoqchi bo‘lgan turk harbiy xizmatchilariga to‘g‘ri eshikka ishora qildi
Bir vaqtning o‘zida "islom amirligi"ning yovvoyilashib ketgan jangarilari harbiy asirlar - o‘z mamlakati fuqarolarini o‘qqa tutishni boshlashdi. Afg‘oniston shiddat bilan jarlikka tomon harakatlanmoqda – u tubanlik sari yolg‘iz emas, balki Qo‘shma Shtatlar va ularning ittifoqdoshlari sha’nini ham olib ketmoqda.
Kabul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlaydi
"Tolibon"* Afg‘oniston hududidagi turk qo‘shinlari AQSh bilan tuzilgan bitimni, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzayotgani haqida rasman bayonot berdi va Turkiyaga muammolarni va’da qildi. "Tolibon" har qanday mamlakat qo‘shinlarining Afg‘onistonda qolishini okkupatsiya sifatida baholamoqda: "Biz hijriy 1422-yildagi (2001 yil) Lunar fatvosi asosida bosqinchilarga qarshi kurashamiz, unga ko‘ra so‘nggi 20-yildagi urush jihod bo‘lgan". Bu ultimatum muhokama qilinmaydi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh bilan 2021-yil 31-avgustdan keyin noma’lum muddatga Qobul aeroporti xavfsizligi masalasida kelishuvga erishilgani haqida e’lon qilgandi. Afg‘onistondan AQSh va alyans qo‘shinlari chiqarilgach NATOga a’zo mamlakatlardan birining kuchlari tomonidan Afg‘oniston poytaxti avia-gavani xavfsizligini ta’minlash loyihasi boshidanoq amalga oshirib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyulgan edi. Obyekt Qobulning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shaharsozlik va kommunikatsiyalarga integrallashtirilgan. Avtomobil va temir yo‘l tarmog‘ining rivojlanmaganligi aeroportni Afg‘onistondan tashqi dunyoga borishni/qaytishni istaganlar uchun bosh "portal" ga aylantiradi. Aeroportni kim boshqarsa, u poytaxtda va hatto sezilarli darajada mamlakatda xo‘jayinlik qiladi.
Albatta, Tolibon buni tushunadi va o‘z "amirligida" hokimiyatni chet el qo‘shinlari u yoqda tursin hatto biron bir raqib bilan ham bo‘lishishni istamaydi. "Shogirdlar" harakati Qobulni egallashni vaqt masalasi deb biladi. Bugungi kunda "Tolibon"* mamlakatdagi 398 ta uyezddan 250 taga yaqini ustidan nazorat o‘rnatgan. Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinining 95 %dan ko‘prog‘ini mamlakatdan olib chiqib ketdi. Tendensiyalar aniq.
Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Tolibon* va IShID*: RF Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilining eng dolzarb savollarga javoblari
Afg‘onistonning shimoliy chegaraoldi hududlarida hukumat kuchlari va xalq ko‘ngilli jangchilarining "Tolibon"* otradlariga qarshi shiddatli janglari davom etmoqda. Toliblarning qo‘shni davlatlar chegaralari daxlsiz ekanligiga kafolat berishlariga qaramay, Markaziy Osiyo urush tartibsizligiga qo‘rqinchli darajada yaqin qolmoqda. "Islom davlati"* faollashishi ham tashvishga solyapti. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, shimoliy viloyatlarda 4 ming nafargacha "ID" jangarilari jamlangan.

Tezkor vaziyat

O‘tgan bir hafta ichida Afg‘onistonda Qunduz, Badaxshon, Badg‘is va Hirotprovinsiyalarida jangovar harakatlar intensivligi kuchaydi, u yerlarda yuzlab harbiy xizmatchilar, toliblar va tinch aholi halok bo‘lishdi. 12-iyulga o‘tar kechasi Logar provinsiyasida "Tolibon"* razvedkasi rahbari Kari Shagasining yo‘q qilingani hukumat kuchlari uchun sezilarli muvaffaqiyat bo‘ldi.
Boshqa tomondan, toliblar egallab olingan uyezdlarda shafqatsizliklarni davom ettirmoqdalar - ular mahalliy ayollarni majburlab xotinlikka olishmoqda, "amirlik" ning yangi qoidalari (televidenie, smartfonlar, musiqa, Yevropa kiyimlaridan voz kechish) qarshi xalq noroziligini qat’iy bostirib, hatto asirlarni yo‘q qilishmoqda. CNN xabariga ko‘ra, jangarilar 20 dan ortiq afg‘on maxsus kuchlarini ular Turkmaniston bilan chegara yaqinidagi Faryob viloyati Davlat-Obod shahrida taslim bo‘lishga uringan paytda otib tashlagan. Bunday harakatlar toliblarning xalqaro maydonda o‘zini qonuniy milliy kuch sifatida ko‘rsatishga urinishlari fonida keskin ajralib qolmoqda.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Afg‘on hukumat qo‘shinlari: 3 kun ichida 1,4 ming “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi
Markaziy Osiyoda eng davomli va xavfli bo‘lgan tojik chegarasi janubiy tomondan to‘laligicha toliblar nazoratiga o‘tgan. Afg‘onistonning Qunduz shahridan 60 kilometr masofada joylashgan "Sherxon-Bandar" nazorat-o‘tkazish punkti ayniqsa AQSh uchun kamsituvchi zarba bo‘ldi, axir qiymati 37 million dollarlik va paromlarning o‘rnini bosgan 700 metrli ko‘prik 2007-yilda amerika hukumatining moliyaviy ko‘magi asosida qurilgan edida. Bugungi kunda bu ko‘prikda "Tolibon" jangarilari "bojxona yig‘imlari"ni undirishmoqda.
Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada yangi chegara postini qurishni boshlagani bejizga emas. So‘nggi ikki kun ichida toliblardan qochib, 120 dan ortiq Afg‘oniston fuqarolari Tojikiston hududiga o‘tib ketishdi.
13-14 iyul kunlari Dushanbeda ShHT tashqi ishlar vazirlarining sammiti bo‘lib o‘tdi - unda afg‘on masalalariga e’tibor qaratildi. Tashkilotga a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari "turli terroristik, separatistik va ekstremistik guruhlar konsentratsiyasining keskin kuchayishi natijasida" Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarida ziddiyat kuchayib borayotganidan xavotir bildirdilar. Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston vakillari 2022-2024 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini, 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka qarshi strategiyaning ish rejasini ko‘rib chiqdilar.

Sharq – nozik masala

"Tolibon"* ning diplomatik faolligi Istanbuldagi muzokaralarni e’tiborsiz qoldirgani qiziq, ammo "siyosiy ofisi" Moskvada, Tehronda va Markaziy Osiyoning ba’zi poytaxtlariga tashrif buyurdi. So‘nggi kunlarda ro‘y bergan voqealar va tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki: AQSh va uning ittifoqchilari endilikda Afg‘oniston Islom Respublikasining qonuniy rahbariyatiga hech qanday yordam berolmaydilar. Toliblar hali Qobuldagi hukumatni mag‘lub etishmagan, ammo ular Vashingtondan allaqachon ustun keldi - amerikaliklar Vyetnam urushidan keyin eng eng dahshatli geosiyosiy mag‘lubiyat sanalgan Afg‘oniston uchun javobgarlarni qidirmoqda.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
AQSh o‘z qo‘shinlarining 95 foizini Afg‘onistondan chiqardi
Ikkinchi afg‘on urushini yutqazgan Buyuk Britaniya 2001-yildan buyon BMT tomonidan terrorchi sifatida tan olib kelinadigan g‘oliblar bilan deyarli haqoratli hamkorlikka rozi bo‘lmoqda. Va hatto toliblar orasida hurmati baland bo‘lgan Turkiya ham "so‘nggi afg‘oncha ogohlantirish" oldi.
Kollektiv G‘arb hali ham AIR hukumat kuchlarini "qo‘llab-quvvatlayotgani"ni tasvirlashga urinmoqda. Buning Qobuldagi amerikaparast hukumatga nafi tegmasa, hech bo‘lmaganda "yuzni saqlab qolish kerak-ku". Biroq, Abu-Dabidagi (BAA) ta’minot aviabazasining olis masofada joylashganligi oldindan samaradorlikni pasaytirib, Afg‘onistongacha uch-to‘rt soatlik parvoznigina kafolatlaydi (Kobulgacha 1800 km). Boshqacha yechim topa olishmadi.
Geografik joylashuv Vashington va NATOga qaraganda ko‘proq Moskva va uning ittifoqchilariga bog‘liq. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov sal avval Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga o‘tkazilishi Rossiya uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan qarorligini ta’kidlagan edi. Moskva bu pozitsiyani Vashingtonga va o‘zining mintaqaviy ittifoqchilariga yetkazdi.
Bejensi iz zoni boyevix deystviy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Afg‘onistondan bir guruh etnik qirg‘izlar Tojikistonga qochib o‘tdi
Bundan buyog‘iga hech kimga oson bo‘lmaydi. Shubhasiz, "Tolibon"* - Rossiya Federatsiyasi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan adekvat javob talab qiladigan buzg‘unchi, terroristik tashkilotdir. Pokistondagi ekstremistik madrasalarda yosh radikallarga Rossiya va Yevropa sivilizatsiyasiga nisbatan o‘ta salbiy munosabatni shakllantirishadi. Shunga qaramay, agar AQSh va NATOning Iroq, Afg‘oniston, Yugoslaviya, Liviya, Suriyadagi ko‘p yillik qonli "korreksiyalarini" umumiy ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, toliblar "ikki yovuzlik"ning eng kichigi bo‘lib chiqishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yetmish yillar davomida barcha urushlarda mag‘lub bo‘ldi, biroq Afg‘oniston - G‘arb tarixining alohida sahifasi bo‘lib, u o‘zining ta’sirchan harbiy-iqtisodiy salohiyati va o‘nlab mamlakatlarning yuqori texnologik birdamliligi bilan 20-yil ichida Sharqni o‘zgartira olmadi.
* – Rossichda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0