Pokiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPremyer ministra Pakistana Imran Xan
Premyer ministra Pakistana Imran Xan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Ta’kidlash joizki, bu Imron Xonning O‘zbekisonga ilk rasmiy tashrifidir.
Pokiston bosh vazirining mazkur tashrifi ko‘p qirrali O‘zbekiston – Pokiston sherikligini yangi bosqichga olib chiqishda navbatdagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2021
Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Tashrifning asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Pokiston yetakchisi, shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston biznes forumi va Toshkent shahrida o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishi, Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0